Khatia Dekanoidze (gruzincha: ხატია დეკანოიძე, ; 1977-yil 20-yanvarda tugʻilgan) – gruziyalik siyosatchi. 2012-yilda Taʼlim va Fan vaziri boʻlib xizmat qilgan. 2020-yildan beri Gruziya parlamentining aʼzosi. Shuningdek, 2015–2016-yillarda Ukraina Milliy politsiya boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.

Dekanoidze karyerasini 2003-yilgi Atirgullar inqilobi soʻngida boshlagan. Dastlab Ichki ishlar vazirligi va diplomatik lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan, soʻngra huquqni muhofaza qilish idoralarida kadrlarni tanlash va islohotlarni nazorat qilish uchun Politsiya akademiyasining rahbari etib tayinlangan. 2012-yilda Milliy Imtihon Markazi rahbari va Saakashvili prezidentligi davridagi Taʼlim va Fan vaziri boʻlib xizmat qilgan. 2012-yilgi parlament saylovlarida UNM (United National Movement – Birlashgan Milliy Harakat)ning magʻlubiyatidan keyin muxolifatga qoʻshilgan va 2015-yilda Ukrainaga koʻchib oʻtib, Petro Poroshenko prezidentligi davrida Milliy politsiya boshligʻi etib tayinlangan.

2016-yilda Gruziyaga qaytgan Khatia Dekanoidze 2020-yilda parlamentga saylangan va 2021-yil may oyida siyosiy inqiroz ketidan eʼlon qilingan boykotdan soʻng parlamentga qoʻshilgan. 2021-yil may oyidan 2023-yil fevralgacha Birlashgan Milliy Harakat (UNM) fraksiyasining raisi boʻlib xizmat qilgan. 2023-yil 24-martda esa oʻz partiyasi bilan yuzaga kelgan mojaro sabab ushbu partiyadan chiqqan.

Shaxsiy hayoti Khatia Dekanoidze 1977-yil 20-yanvarda Tbilisida (oʻsha paytda Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi poytaxti boʻlgan) tugʻilgan. Xalqaro munosabatlar va diplomatiya boʻyicha tahsil olgan hamda 1999-yilda Tbilisi Davlat Universitetining bakalavr diplomiga ega boʻlgan. Shu bilan birga Vena shahridagi Markaziy Yevropa Universiteti va AQShda joylashgan RAND korporatsiyasida ham taʼlim olgan.

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi nutqi davomida Khatia Dekanoidze shunday degan edi:

Manbalar