, Tokio—Narita xalqaro aeroporti yoki Narita aeroporti, dastlabki nomi – Yaponiya poytaxti Tokio aglomeratsiyasiga xizmat koʻrsatuvchi ikki xalqaro aeroportdan biri, ikkinchisi esa Haneda aeroportidir. Aeroport Chiba prefekturasining Narita shahrida, markaziy Tokiodan sharqda joylashgan. Ushbu obyekt 2019-yil iyul oyidan boshlab 1 137 gektar (2 810 akr) maydonni egallagan va deyarli 2 300 gektarga (5 700 akr) kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Narita aeroporti konsepsiyasi juda bahsli boʻlgan va hozirgi kungacha ayniqsa mahalliy aholi orasida bu holat davom etmoqda. Bu Sanrizuka kurashlariga olib kelgan, hukumatning hududdagi aksariyat aholini xabardor qilmasdan aeroport qurish qarori va shu jarayonda ularning yerlarini tortib olganiga bogʻliq. Hatto aeroport yakunda qurib bitkazilganidan keyin ham, u samolyotlarning harakatlanishiga turli shovqinga oid cheklovlar asosida boshqarilmoqda, sababi yaqin atrofda turar-joylar mavjud, jumladan, uchish-qoʻnish yoʻlaklari oraligʻida joylashgan bir fermer xoʻjaligi bor. Natijada, atrof-muhitdagi shovqin ifloslanishini kamaytirish maqsadida aeroport har kuni soat 00:00 (12:00 tunda) dan 06:00 (6:00 ertalab) gacha yopilishi shart.
Narita xalqaro yoʻlovchi va xalqaro yuk tashish hajmi boʻyicha Yaponiyadagi eng gavjum aeroport hisoblanadi. 2018-yilda Narita 33,4 million xalqaro yoʻlovchiga va 2,2 million tonna xalqaro yukka xizmat koʻrsatgan. 2018-yilda Narita samolyot harakatlari soni boʻyicha (Tokiodagi Haneda aeroportidan keyin) Yaponiyada ikkinchi oʻrinda va dunyoda havo yuk tashish boʻyicha oʻninchi eng gavjum markaz boʻlgan. Uning asosiy uchish-qoʻnish yoʻlagi Osakadagi Kansay xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi bilan birgalikda Yaponiyadagi eng uzun uchish-qoʻnish yoʻlagi hisoblanadi. Narita Japan Airlines, All Nippon Airways va Nippon Cargo Airlines, United Airlines uchun asosiy xalqaro markaz boʻlib xizmat qiladi hamda lou-koster aviakompaniyalar – Air Japan, Jetstar Japan, Peach Aviation, Spring Airlines Japan va Zipair Tokyo uchun ikkilamchi havo tuguni markazi hisoblanadi.
2022-yilda Skytrax tomonidan tuzilgan „Dunyoning eng yaxshi 100 aeroporti“ reytingida Narita, Doha shahridagi Hamad xalqaro aeroporti, Tokiodagi Haneda aeroporti va Singapurdagi Changi aeroportidan keyin, dunyodagi toʻrtinchi eng yaxshi aeroport deb topilgan.
Tarixi Qurilishi va mahalliy qarshilik
Narita ochilishidan oldin, Tokio xalqaro aeroporti (yoki Haneda aeroporti) Tokioning asosiy xalqaro aeroporti boʻlgan. Tokio koʻrfazida joylashgan Haneda zich aholi yashaydigan va sanoat hududlari bilan oʻralgan, 1960-yillarning boshlarida reaktiv samolyotlar keng qoʻllanila boshlagach, sigʻim va shovqin bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi. Yaponiya transport vazirligi 1963-yilda muqobil aeroport joylashuvlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazishni buyurdi va 1965-yilda Tomisato qishlogʻida beshta uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega aeroport qurish rejasini tanladi. Keyinchalik bu joy shimoli-sharqqa, Sanrizuka va Shibayama qishloqlariga koʻchirildi, bu yerda Imperator oilasining katta qishloq xoʻjaligi yerlari boʻlgan. Bu rivojlanish rejasi 1966-yilda ommaga eʼlon qilindiBrasor, Philip, „Fight or flight: Naritaʼs history of conflict “, Japan Times, 14 December 2014, p. 19.
Hukumat ushbu joyning afzalligi sifatida yer ekspropriatsiyasining nisbatan osonligini taʼkidladi. Biroq mahalliy aholi dastlabki rejalashtirish bosqichida maslahatlashuvga jalb qilinmagan va aeroport joyi tanlangani haqidagi xabarni ommaviy axborot vositalari orqali bilib olgan. Bu holat mahalliy aholida hayrat va gʻazabga sabab boʻldi va yillar davomida davom etdi. Yaponiya hukumati qonun boʻyicha yerni ekspropriatsiya qilish vakolatiga ega boʻlsa-da, bu vakolat kamdan-kam hollarda qoʻllanilgan, chunki yer masalalarini kelishuv asosida hal qilish afzal koʻrilgan.
Oʻsha davrda Yaponiyada sotsialistik harakat hali ham sezilarli kuchga ega edi, bu 1960-yildagi Tokiodagi katta miqyosdagi talabalar tartibsizliklarida namoyon boʻlganDuncan McCargo, Contemporary Japan, pp. 152–155 (Google link ). „Yangi chap qanot“ vakillaridan koʻplar, masalan, Chūkaku-ha guruhi, Narita aeroportining qurilishiga qarshi chiqqan. Ular yangi aeroport kapitalizmni targʻib qilish va Sovet Ittifoqi bilan urush yuz bergan taqdirda AQSh harbiy samolyotlari uchun qoʻshimcha inshootlar yaratish maqsadida qurilmoqda deb hisoblagan. Ular yerini bermoqchi boʻlmagan konservativ mahalliy fermerlar bilan ittifoq tuzishga harakat qilganDavid Apter and Nagayo Sawa, Against the State: Politics and Social Protest in Japan (Google link ).
Taxminan 1966-yilda mahalliy aholi, talabalar faollari va soʻl qanot siyosiy partiyalar bilan birlashib, ommaviy qarshilik guruhi – Sanrizuka-Shibayama aeroportga qarshi ittifoqini (; ) tuzdi. Bu ittifoq 1983-yilgacha faol boʻlgan va ular Sanrizuka kurashi (; ) deb nomlanuvchi norozilik harakatini boshlashgan. Shunga oʻxshash taktika Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda Tachikawa aviabazasini kengaytirishga qarshi ham qoʻllanilgan edi. 1966-yil iyun va iyul oylarida bu ittifoq Narita meri, Chiba gubernatori va gubernator oʻrinbosari, shuningdek Liberal-demokratik partiyaning prefektura ofisiga rasmiy norozilik maktublarini yubordi. 1967-yil noyabrda Transport vazirligi aeroport atrofiga oʻlchov ishlarini boshlaganida, ittifoq aʼzolari yoʻllarni toʻsib qoʻydi. Zengakuren radikal talaba ittifoqi ham Naritaga talabalarni yuborib, mahalliy fermerlarga yordam bera boshladi. Musodara jarayonida faollar tomonidan uchta politsiyachi oʻldirildi.
Birinchi terminal binosi Takenaka Corporation tomonidan 1972-yilda qurib bitkazildi. Biroq birinchi uchish-qoʻnish yoʻlagining qurilishi bir necha yilga choʻzildi, chunki kasaba uyushmalari va ularni qoʻllab-quvvatlovchilar bilan doimiy toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Ular uchish-qoʻnish yoʻlagini yakunlash uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini egallab oldi va vaqtinchalik katta minoralarni uchish yoʻli yoʻnalishiga qurib oldi. 1977-yilga kelib, hukumat ushbu minoralarni buzishga muvaffaq boʻldi, ammo bu jarayonda bir nafar faol va bir nafar politsiyachi halok boʻldi.
Uchish-qoʻnish yoʻlagi qurib bitkazildi va aeroportni 1978-yil 30-martda ochish rejalashtirildi. Ammo 1978-yil 26-mart kuni norozilar guruhi boshqaruv minorasiga bostirib kirib, asbob-uskunalarning katta qismini yoʻq qildi. Ushbu harakat 500 000 AQSh dollariga yaqin zarar yetkazdi va aeroport ochilishini 20-mayga kechiktirdiFighting Rages over Tokyo Airport , Nashua Telegraph, May 20, 1978.See the Japanese Wikipedia article on this incident..
Aeroport ochilganida, juda yuqori xavfsizlik choralariga amal qilindi: butun aerodrom metall panjaralar bilan oʻralgan, minoralar esa tartibni saqlovchi politsiyachilar bilan jihozlangan edi. Aeroport ochilishida 14 000 xavfsizlik xodimi ishtirok etdi va ularni 6 000 nafar norozilar kutib oldi. Yaponiyalik bir jurnalist oʻsha paytda: „Narita aeroporti Vyetnam urushi davridagi Saygon aeroportiga oʻxshaydi“, deya izoh berganJapan: Open But Still Embattled, TIME, June 5, 1978.. Norozilar ochilish kuni politsiyaga tosh va portlovchi moslamalar (molotov kokteyli) bilan hujum qildi, politsiya esa suv purkagichlar bilan javob qaytardi. Tokioga qarama-qarshi tomonda boshqa bir norozilar guruhi Tokorozavadagi havo harakatini boshqarish markazining elektr taʼminotini uzib qoʻydi, bu esa bir necha soat davomida Tokio hududidagi parvozlarning toʻxtashiga olib keldi. Yaponiya Milliy parlamenti maxsus qonun – „Yangi Tokio xalqaro aeroportining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda choralar toʻgʻrisida“ gi qonunni qabul qildi. Ushbu qonun aeroport bilan bogʻliq holda zoʻravonlik yoki majburlov yoʻli bilan foydalaniladigan binolar qurilishini va foydalanilishini taqiqladi. Shunga qaramasdan, bir nechta terrorchilik hujumlari sodir boʻldi: 1983- va 1990-yillarda Totetsu Kogyo va Nippi Corp. xodimlariga qarshi qoʻyilgan yongʻinlar, 1988-yilda esa Chiba prefekturasi rasmiysiga qarshi hujumda odamlar halok boʻldi.
Naritadagi mojaro hukumatning Osaka yaqinidagi Kansay xalqaro aeroportini qurish qaroriga katta taʼsir koʻrsatdi. Kansay aeroporti dengizdagi sunʼiy orolda qurildi, chunki aholisi zich hududlarda yer ekspropriatsiyasini yana qayta amalga oshirishga urinish istalmadiJapan to Open Costly But Convenient Airport , New York Times, August 21, 1994..
Yaponiya milliy flagman aviakompaniyasi – Japan Airlines oʻzining asosiy xalqaro markazini Hanedadan Naritaga koʻchirdi. Shuningdek, Northwest va Pan American aviakompaniyalari ham oʻzlarining Osiyodagi mintaqaviy markazlarini Hanedadan Naritaga koʻchirdi. Ushbu ikkala Amerika aviakompaniyasi ikki tomonlama bitimga muvofiq Osiyodagi boshqa mamlakatlarga „beshinchi erkinlik“ parvozlarini amalga oshirdi. Pan American 1986-yil fevralda oʻzining Tinch okeani boʻlinmasini, shu jumladan Naritadagi markazini United Airlinesga topshirdi" United taking Pacific routes of Pan American, Miami News, Feb. 11, 1986.. All Nippon Airways esa 1986-yilda Naritadan Guamga muntazam xalqaro reyslarni boshladiS.&pqatl=google All Nippon Airways Decides to Go High Profile Japanese Carrier Kicks Off Major Campaign in U. S. , Los Angeles Times, Dec 7, 1987.
Xavfsizlik 1978—2015-yillarda Narita aeroporti kirishda tashrif buyuruvchilardan ID hujjat talab qilingan yagona aeroport boʻlgan. Bu chora aeroport qurilishi va ochilishi davridagi zoʻravon noroziliklarga bogʻliq edi. 2012-yilga kelib, Narita aeroportining operatori bu tekshiruvlardan voz kechishni koʻrib chiqa boshladi. Chunki parvozlar soni oshmoqda, norozilik harakatlari oʻtmishda qolgan va Haneda aeroporti xalqaro reyslarni qayta tiklay boshlagan edi. Chiba gubernatori Kensaku Morita rahbarligidagi va tarkibida viloyat amaldorlari, Narita xalqaro aeroporti korporatsiyasi va biznes vakillari boʻlgan kengash ID tekshiruvlarini bekor qilishni taklif qildi. Biroq Chiba prefektura politsiyasi bu qarorga qarshi chiqdi, ID tekshiruvlari ekstremistlar va terrorchilarni aniqlashda zarur, deb taʼkidladiDaily Yomiuri Narita Airportʼs ID checks could be grounded October 23, 2012.
2013-yilda NAA pasport va yuk tekshiruvlari oʻrniga kameralar, portlovchi moddalarni aniqlovchi uskunalar, xizmat itlari va boshqa uskunalarni sinov tariqasida qoʻllagan yangi xavfsizlik tizimini ikki oy davomida sinovdan oʻtkazdi. 2015-yil mart oyida NAA bu ID tekshiruvlarini tugatishini va terminal binosi xavfsizligi uchun yangi tizimdan foydalanilishini eʼlon qildi.
Narita aeroporti Yaponiyada millimetr toʻlqinli skanerlardan foydalangan birinchi aeroport boʻldi. 2010-yil mart oyida Yaponiya Yer, infratuzilma va transport vazirligi 2010-yilning 5-iyulidan 10-sentyabrigacha Narita aeroportida besh xil skaner turini navbatma-navbat sinovdan oʻtkazilishini eʼlon qildi. Sinovlar asosan yaponiyalik koʻngillilar va xavfsizlik xodimlari bilan 1-terminal janubiy qanoti yaqinida oʻtkazildi.
Xususiylashtirilishi
2003-yilda „Narita xalqaro aeroporti korporatsiyasi toʻgʻrisida“gi qonun (成田国際空港株式会社法) qabul qilinib, aeroportning xususiylashtirilishiga yoʻl ochildi. 2004-yil 1-apreldan boshlab, rasmiy nomi „Yangi Tokio xalqaro aeroporti“ dan „Narita xalqaro aeroporti“ ga oʻzgartirildi va boshqaruv hukumatdan mustaqil „Narita International Airport Corporation“ (NAA)ga oʻtkazildi.
NAA bosh ofisi aeroport hududida joylashgan. Bungacha ofis Tokioda joylashgan boʻlsa-da, 1988-yilda Yaponiya hukumati qarori bilan ofis Naritaga koʻchirildi. 1996-yil 1-iyuldan boshlab bosh ofis rasmiy faoliyatini aeroportdagi Japan Airlinesning eski markaziy binosida boshladi"Towards the Solution of Narita Airport Issues." Narita Airport. September 1, 2000. Retrieved on January 7, 2019., bu bino 1994-yil iyulda NAAga berilgan edi. Binoda rekonstruksiya ishlari 1995-yil sentyabridan 1996-yil martgacha davom etdi. NAAning Tokiodagi funksiyalari Tokioning Chiyoda maxsus tumani Marunouchi hududidagi Kishimoto binosiga koʻchirildi.