Vera Kobaliya (gruzincha: ვერა ქობალია; 1981-yil 24-avgustda tugʻilgan) – gruziyalik siyosatchi. 2010-yil 2-iyuldan 2012-yil 25-oktyabrga qadar Gruziya Vazirlar Mahkamasida Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Yoshlik yillari Kobalia 1981-yil 24-avgustda Gruziyaning Abxaziya mintaqasidagi Suxumi shahrida tugʻilgan. 1996-yilda uning oilasi Gruziya–Abxaziya mojarosi keltirib chiqargan beqarorlik sababli Kanadaga koʻchib ketgan. Dastlab King George oʻrta maktabida oʻqigan, soʻngra Britaniya Kolumbiyasining Bernaby shahridagi Britaniya Kolumbiyasi Texnologiya institutida tahsil olgan. 2004-yilda esa Biznes boshqaruvi hamda axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha diplom olgan.

Siyosiy faoliyati Kobalia 2009-yil oxirigacha Kanadada istiqomat qilgan va Vancouverda otasi tomonidan 2001-yilda asos solingan European Breads Bakery kompaniyasida ishlagan. Shundan soʻng, Gruziyaga qaytib kelgan. 2010-yil fevral oyida Kobalia „Adolat uchun koalitsiya“ tashkilotiga asos solgan. Ushbu tashkilot Gruziya hududidagi majburan koʻchirilgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish hamda gruziyalik IDPlar (majburan koʻchirilgan shaxslar) muammolari haqida jahon hamjamiyatining xabardorligini oshirishga qaratilgan.

2010-yil iyun oyida Kobalia Gruziya Prezidenti Mixail Saakashvili tomonidan Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri lavozimiga tayinlangan, uning nomzodi 2010-yil 2-iyulda Gruziya Parlamenti tomonidan tasdiqlangan. Kobalia oʻz faoliyatida qishloq xoʻjaligi va turizmning eng ustuvor ikki soha sifatida belgilaganini aytgan hamda vazirlikdagi institut­sional korrupsiyani yoʻqotish maqsadida boshqaruvni „tanish-bilishchilikka yoʻl yoʻq“ shiori ostida qayta tashkil etishga vaʼda bergan.

Jahon Iqtisodiy Forumi 2012-yilda Gruziyaning Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Vera Kobaliani „Yilning yosh global yetakchisi“ sifatida eʼtirof etgan. Vera Kobalia ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan yagona gruzin siyosatchisi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Siyosatchi ayollar Turkum:Suxumida tugʻilganlar