Oliver Eaton Williamson (1932-yil 27-sentabr — 2020-yil 21-may) — amerikalik iqtisodchi, Berkeleydagi Kaliforniya universiteti professori hamda 2009-yilda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan. U ushbu mukofotni Elinor Ostrom bilan birgalikda qoʻlga kiritgan. Uning iqtisodiyotdagi tranzaksiya xarajatlari va firma nazariyasiga qoʻshgan hissalari ijtimoiy fanlar shuningdek huquq va iqtisodiyot sohalariga katta taʼsir koʻrsatgan.
Hayoti Oliver Williamson 1932-yil 27-sentyabrda Viskonsin shtatining Superior shahrida tugʻilgan. Otasi — Skott Uilyamson va onasi — Sara Lucille (Dunn) ikkalasi ham oʻrta maktab oʻqituvchisi edi. Bolaligida Williamson Superiordagi Markaziy oʻrta maktabda oʻqigan. Williamson avval Ripon kollejida soʻng 1955-yilda MIT institutida menejment yoʻnalishi boʻyicha bakalavr bosqichida tahsil olgan. Bakalavrda oʻqiyotgan chogʻidanoq unda tranzaksiya xarajatlariga qiziqishini boʻlgan. 1957-yilda, u Washingtonda yashayotganida rafiqasi Dolores Celini bilan tanishgan. Ular besh nafarfarzandli boʻlgan. Williamson 2020-yil 21-mayda Kaliforniya shtatida vafot etgan.
Faoliyati Oʻqishni tugatgandan soʻng, u Markaziy razvedka agentligida loyiha muhandisi boʻlib ishlagan. Williamson 1960-yilda Stenford universitetida MBA darajasini va 1963-yilda Carnegie Mellon universitetida, PhD darajasini oldi. Uning dissertatsiyasi „Diskretsion holat iqtisodiyoti: firma nazariyasida boshqaruv maqsadlari“ deb nomlangan. Oliver Ronald Coase, Herbert A. Simon va Richard Cyertning kabi iqtisodchilarga shogird boʻlgan. 1963–1965-yillarda u Kaliforniya universiteti, Berklida iqtisodiyot boʻyicha yordamchi professor boʻlib ishlagan. 1965–1983-yillarda Pensilvaniya universitetida professor, 1983–1988-yillarda esa Yale universitetida tashkilot iqtisodiyoti boʻyicha professori boʻlib faoliyat yuritgan. Yaleda faoliyat yuritayotgan vaqtida Williamson iqtisodiyot boʻyicha gazeta va jurnallarga asos solgan. 2009-yilda Williamson ijtimoiy fanlar sohasida eng faol iqtisodchi sifatida topildi va iqtisodiy boshqaruv, ayniqsa firma nazariyalarini tahlil qilgani uchun 2009-yilda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan Elinor Ostrom bilan birgalikda taqdirlangan.
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar Oliver E. Williamson at University of California, Berkeley including the Nobel Lecture on 8 December 2009 Transaction Cost Economics: The Natural Progression Profile and Papers at Research Papers in Economics/RePEc
Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari