Alla Oleksiivna Starostina (ukraincha: Starostіna Alla Oleksіїvna) — ukrainalik iqtisodchi. U Kiyev universitetida professor va xalqaro iqtisodiyot va marketing kafedrasining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 1993–2002-yillarda Alla Kiyev Politexnika universitetining sanoat marketingi kafedrasiga rahbarlik qilgan.
Starostina 1976-yilda Kiyev universitetini siyosiy iqtisod yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 1999-yilda u „Metodologіya і praktika marketingovix doslіdjen v Ukraїnі“ („Methodology and Practice of Marketing Research in Ukraine“) nomli dissertatsiyasini himoya qilgan.
Alla „Ukraina Taʼlim Aʼlochi“ medali sohibi boʻlgan. 2011-yilda marketing boʻyicha darsliklari uchun „Ukraina Fan va Texnologiya Davlat Mukofoti“ bilan taqdirlangan. 2009-yilda esa „Ukraina Faxriy Olimi“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Nashrlari Iqtisodiyot, xalqaro iqtisodiyot va xalqaro marketing sohalarida jami 318 ilmiy ishlar chop etilgan, shulardan 13 tasi monografiya (shu jumladan Yevropa Ittifoqi davlatlarida nashr etilganlari), 27 tasi darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 154 tasi esa ilmiy va ilmiy-metodik jurnallardagi maqolalardan iborat. Manbalar
Turkum:Ukrainalik ayol iqtisodchilar Turkum:Kiyevda tugʻilganlar