Solomiia Opryshko (ukraincha: Solomіya Oprishko; 2005-yil 13-avgustda tugʻilgan) Klavdia Petrivna sahna nomi bilan tanilgan ukrainalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. U ijodiy faoliyatining dastlabki yillarida oʻz shaxsini yashirin tutgani bilan ajralib turadi.
Klavdia Petrivna TikTok ijtimoiy tarmogʻi orqali tezkor mashhurlikka erishgan. Uning qoʻshiqlari YouTube hamda boshqa striming platformalarda millionlab tinglanishlarga ega boʻlgan. 2024-yil boshida u „Znaidy mene“ qoʻshigʻi bilan Ukraina radiostansiyalari chartlarida yuqori oʻrinlarni egallagan. Biografiyasi Solomiia Lvov viloyatining Hirne qishlog‘ida tug‘ilgan.
U musiqa maktabida tahsil olgan va 2024-yilda Vasyl Barvinsky Drohobych College of Musicning skripka sinfini tamomlagan. Ta’lim davomida u simfonik, kamer hamda xalq orkestrlarida faol ijrochi sifatida qatnashgan.
2024-yil 30 va 31-avgust kunlari Klavdia Petrivna „Palace of Sports“ majmuasida (Kiyev) o‘zining ilk yakkaxon konsertini o‘tkazgan. Diskografiyasi Albomlar 2024: "Yide Dah"
Mini-albomlar 2023: "Berezhy mene" 2023: "Zyma" 2025: "Intymna liryka"
Singllar 2023: "Imperatory" 2023: "Znaidy mene" (da 1-oʻrin) 2023: "Uzhe svitaie" 2023: "Chorni Bili" (feat. Osty) 2024: "Snih" (feat. Osty) 2024: "Ya tobi brekhala" 2024: "Baraban" (feat. Artem Pyvovarov; FDR Chartsda 1-oʻrin) 2024: "Teatr" 2024: "" 2024: "Yide Dah" (feat. Masha Kondratenko) 2024: "Orbity" (feat. Tvorchi) 2024: "Ne Liakai" (feat. Osty)Klavdia Petrivna | Spotify https://open.spotify.com 2024: "Zyma" 2025: "Nevzhe"
Mukofotlar YilIjodkorYoʻnalishMukofotNatijaManba2023Klavdia PetrivnaBest New ArtistCulture Ukraine2024Klavdia PetrivnaDebut of the yearZolota Zoria
Manbalar
Turkum:Ukrainalik qoʻshiqchilar