Akrosoma (yunoncha, akron — choʻqqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi gʻilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urugʻlanish uchun zarur tuzilma. Aksormada tuxumhujayra qobigʻini yemiradigan gialuronidaza fermenti boʻladi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil