Aksial-porshenli nasos — rotori aylanma va porshenlari (7-9 ta) ilgarilama-qaytma harakat qiladigan rotorli nasos. Rotorining aylanish oʻqi porshenlar oʻqi bilan 0-45° burchak tashkil qiladi. Suyuqlikni haydash bosimi — 30 MPa. Gidravlik uzatmalar, kuch nazorat yuritmalarida qoʻllanadi, gidravlik dvigatel sifatida ishlatiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar