Temzezdekt jangi qal’asi yaqinida, Jazoirdagi Bijaya shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, 1327-yilda, Hafsiy lashkarboshisi Abu Abdulloh ibn Sayid an-Nas boshchiligidagi qo‘shin bilan Muso Ibn Ali qo‘mondonligidagi Zayyoniylar qo‘shini o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Tavsifi 1326-yilda Zayyoniy sultoni Abu Tashfin o‘z qo‘shinining qo‘mondoni Muso ibn Ali al-Kurdiyni Hafsiylar hududiga bosqin uyushtirishga buyurdi. U Konstantin shahriga hujum qilib, atrofdagi yerlarni vayron qildi, so‘ng Bijaya tomon yurish qilib, uni qamal qildi. Biroq u tez orada shaharga qamal uyushtirish uchun qulayroq joy topish maqsadida lashkarini yig‘ishtirib hududdan chiqib ketdi. Bijaya vodiysidagi Suk al-Xamis deb atalgan joyda Zayyoniy lashkarboshisi Bijaya qamalini davom ettirish uchun qal’a qurishga qaror qildi. Bu qal’a qirq kun ichida qurib bitkazildi va Temzezdekt deb atala boshlandi.
Jang 1327-yilda Hafsiy xalifasi Abu Yahyo Abu Bakr Temzezdekt qal’asiga qarshi Abu Abdulloh ibn Sayid an-Nas qo‘mondonligida lashkar yubordi. Muso al-Kurdiy ularning yaqinlashayotganidan xabar topib, o‘z qo‘shinini to‘pladi va ikki qo‘shin qal’a yaqinida to‘qnashdi. Yuz bergan jang Hafsiylarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Oqibatlar Abu Abdullohning mag‘lubiyati Zayyoniylar tomonidan uning oʻrdasining qo‘lga olinishi va Tunis hukmdorining portini qo‘riqlagan nasroniy diniga kirganlar sardorining o‘ldirilishiga sabab boʻldi. Bu oʻldirilgan odam Dafer al-Kabir edi. Shundan so‘ng Abu Abdulloh Bijaya devorlari ichi ortiga yashirindi.
Yana qarang
Bijaya qamali (1326–1329) ar-Riyyos jangi Tunisning egallanishi (1329)
Manbalar
Turkum:1327-yilgi urushlar