Al-Qosim ibn al-Hasan (; hijriy 47-yil Shaʼbon oyining 7-kuni, Madina — hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni, Karbalo) — Hasan ibn Alining oʻgʻli. Karbalo jangi paytida Umaviylar qoʻshinlariga qarshi kurashda amakisi Husayn ibn Alini qoʻllab-quvvatlagan va oʻsha yerda 13 yoshida oʻldirilgan.
Yoshligi Qosim ikkinchi shia imomi Hasan ibn Ali va uning rafiqasi Ummu Farvaning oʻgʻli boʻlgan. Otasi Hasan 4-Roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolib va Fotimaning katta oʻgʻli edi. Shu bois Qosim islom paygʻambari Muhammadning evarasi hisoblanadi.
Hasan ibn Alining vafoti
Qosimning otasi Hasan ibn Ali hijriy 50-yil Safar oyining 28-kuni (milodiy 670-yil 2-aprel) Muoviya I tomonidan zaharlanib oʻdirilgan.
Otasi vafot etganida Qosim atigi 3 yoshda edi. Shundan keyin otasi tomondan qarindoshlari qoʻlida tarbiyalangan. Ammasi Zaynab bint Alining oʻgʻillari Avn va Muhammad kabi Qosimga ham qilichbozlikni amakisi Abbos ibn Ali va amakivachchasi Ali al-Akbar ibn Husayn oʻrgatgan. Hasanning ukasi Husayn ibn Ali 680-yilda Madinadan ketishga tayyorgarlik koʻrayotganida Qosimning onasi Ummu Farva Husayndan uni va yosh Qosimni ham birga olib ketishini soʻragan.
Karbalo jangi
Umaviylar hukmdori Muoviya I vafotidan oldin oʻgʻli Yazid I ni oʻzidan keyingi xalifa etib tayinlagan. Yazid diniy-siyosiy hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Husayn ibn Alining bay’atini olishga harakat qilgan. Biroq Husayn oʻzining eʼtiqodi va qarashlaridan voz kechishni istamagan. Shundan soʻng Kufa aholisi Husaynga maktublar yoʻllab, undan yordam soʻragan va unga bay’at berishga tayyor ekanliklarini bildirgan. Bunga javoban Husayn ibn Ali oila aʼzolari, jumladan, Qosim ibn Hasan hamda safdoshlari bilan Makkadan Iroqning Kufa shahriga yoʻl olgan. Biroq Yazidning 30 ming kishilik qoʻshini ularni Karbalo yaqinidagi tekislikda toʻxtatib, shu yerda qarorgoh qurishga majbur qilgan. 680-yil 10-oktyabrda (hijriy 61-yil 10-Muharram) Karbalo jangida Husayn ibn Ali, uning oila aʼzolari hamda safdoshlarining aksariyati, jumladan, Qosim ibn Hasan ham Yazid qoʻshini tomonidan oʻldirilgan va jasadlarining boshlari tanasidan judo qilingan. Shundan soʻng ayollar va bolalar asirga olingan.
Jang Qosim amakisi Husayn ibn Alidan: „Men ham shahidlar qatorida boʻlamanmi?“ — degan. Husayn ibn Ali undan: „Oʻlimni qanday tasavvur qilasan?“ — deb soʻragan. Qosim esa: „Amaki, men uchun oʻlim asaldan ham shirinroq“, — deya javob bergan.
Ashuro Ashuro kuni Qosim ham amakivachchalari singari amakisi Husayn ibn Alining huzuriga borib, jangga kirish uchun undan ruxsat soʻragan. Biroq Husayn uning hali juda yosh ekanini sabab qilib, jangga kirishiga ruxsat bermagan. Husayn hatto Qosimga biror kor-hol boʻlishi haqidagi fikrni ham koʻtara olmas edi. Qosim jangga kirish uchun ruxsat soʻrab bir necha bor murojaat qilgan, biroq Husayn baribir bunga rozi boʻlmagan. Shundan soʻng Qosim onasining huzuriga borgan. Oʻgʻlining xafa boʻlganini koʻrgan onasi unga Qosimning otasi vafot etishidan oldin yozib qoldirgan maktubni bergan. Maktubda quyidagilar yozilgan edi:
Qosim maktubni oʻqib, uni amakisiga bergan. Maktubni oʻqigach, Husayn shunday dedi:
Qosim jang maydoniga chiqib, dushman jangchilaridan koʻpchiligini oʻldirgan. Shunda bir kishi uning ortidan kelib, Qosimning boshiga zarba bergan. Qosim ogʻir yaralanib, koʻp qon yoʻqotgan holda yerga yiqilgan. U amakisini chaqirgan. Buni eshitgan Husayn va Abbos darhol uning oldiga shoshilgan. Yazidning qoʻshini esa ularning hujum qilish uchun kelayotganidan qoʻrqib, sarosimaga tushgan. Natijada, jang maydonida tartibsizlik yuzaga kelib, otlar u yoqdan bu yoqqa yugura boshlagan va Qosim ot tuyoqlari ostida qolib halok boʻlgan. Husayn va Abbos Qosimni chaqirgan, biroq undan hech qanday sado chiqmagan. Ular Qosimning jasadini topgach, Husayn oʻzining abosini yechgan va Abbos bilan birgalikda Qosimning jasadi qoldiqlarini yigʻib olgan.
Dafn etilishi 680-yil 10-oktyabrda (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) yaʼni Ashuro kuni Qosim ibn Hasan Husayn ibn Ali va uning tarafdorlariga suv olishga ruxsat berilmagan Furot daryosi yaqinida shahid boʻlgan. Husayn ibn Alining shahid boʻlgan 72 nafar safdoshi umumiy qabrga dafn etilgan. Ular orasida Qosim ham bor edi. Ushbu umumiy qabr Husayn ibn Alining qabri etagida joylashgan.
Yana qarang
Sakina bint Husayn
Manbalar
Turkum:667-yilda tugʻilganlar Turkum:680-yilda vafot etganlar Turkum:Karbalo jangida oʻldirilganlar Turkum:Hasaniylar Turkum:Xalifalarning oʻgʻillari Turkum:Hasan al-Mujtabaning farzandlari