Vaqif Məmmədvəli oğlu Qarayev (, ) (24-yanvar 1955-yil Mingechaur, Ozarbayjon SSR — 20-fevral 2021-yil, Moskva, Rossiya) — 2014-yildan 2018-yilga qadar Rossiya Federatsiyasining Bahrayndagi favqulodda va muxtor elchisi. U bu lavozimga mamlakat prezidenti Vladimir Putinning 2014-yil 29-dekabrdagi farmoni bilan tayinlangan.

Hayoti Vaqif Qarayev 1955-yil 24-yanvarda Ozarbayjonning Mingechaur shahrida tugʻilgan. Oliy taʼlimni Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida olgan. 1997-yilda Rossiya Diplomatik akademiyasining oliy kursini bitirgach, diplomatik faoliyatini boshlagan. Ozarbayjon, arab, arman, fransuz va turk tillarida erkin gaplashgan. 1978-yildan diplomatik faoliyatini boshlagan.

Xizmat joylari 1994–1999 — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasining boshligʻi. 1999–2003 — Rossiya Federatsiyasining Halab shahridagi bosh konsuli. 2004–2007 — Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika boʻyicha bosh maslahatchi. 2007–2011 — Rossiya Federatsiyasining Arbil (Iroq) shahridagi bosh konsuli. 2011–2014 — Rossiya Federatsiyasining Basra (Iroq) shahridagi bosh konsuli. 2014-2018 — Rossiya Federatsiyasining Bahrayndagi favqulodda va muxtor elchisi .

Diplomatik darajasi 2-darajali favqulodda va muxtor elchi (2002-yil 15-yanvar).

Manbalar

Turkum:Elchilar Turkum:Diplomatiya Turkum:Rossiyaning Bahrayndagi elchilari Turkum:Diplomatlar Turkum:SSSR diplomatlari