Tahir Zahidov (1979-yil 10-fevralda tugʻilgan) — Ozarbayjon sharafini himoya qilgan yunon-rum kurashchisi.

Faoliyati Tahir Zahidov 1994-yilda AQShda, 1995-yilda esa Vengriyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida gʻolib boʻlgan. 1995-yilda Pragada (Chexiya) oʻtkazilgan jahon chempionatini 20-oʻrinda, 1996-yilda Budapeshtda (Vengriya) oʻtkazilgan Yevropa chempionatini esa 8-oʻrinda yakunlagan.

1996-yil iyulida Tahir Zahidov Ozarbayjon terma jamoasi tarkibida Atlantada (AQSh) oʻtkazilgan 1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. 20-iyul kuni u 1/16 final bosqichidagi ilk uchrashuvda 1992-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari gʻolibi, Germaniya vakili Oleg Kurchenko bilan kurashgan va 0:10 hisobida magʻlub boʻlgan. Shundan soʻng Zahidov tasalli guruhida kurashni davom ettirgan. Guruhdagi ilk uchrashuvda Yaman vakili Abdulla Al-Izani ustidan 11:0 hisobida gʻalaba qozongan. Keyingi bosqichda Italiya vakili Francesco Kostantinoga 0:5 hisobida magʻlub boʻlib, Atlanta Olimpiadasini 14-oʻrinda yakunlagan.

Olimpiadadan soʻng, 1996-yilda Polshada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatini 6-oʻrinda yakunlagan.

1997-yilda Istanbulda yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan, shu yil Finlyandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa 4-oʻrinni egallagan.

1998-yilda Albaniyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 4-oʻrinni egallagan. 1999-yilda Budapeshtda (Vengriya) yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal, Buxarestda (Ruminiya) yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda sport faoliyatini yakunlagan.

Natijalari № Yil Musobaqa Oʻtkazilgan joy Natija 1 1994 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1-oʻrin 2 1995 Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1-oʻrin 3 1995 Jahon chempionati 20-oʻrin 4 1996 Yevropa chempionati 8-oʻrin 5 1996 Olimpiya oʻyinlari 14-oʻrin 6 1996 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6-oʻrin 7 1997 Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati 3-oʻrin 8 1997 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 4-oʻrin 9 1998 Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati 4-oʻrin 10 1999 Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati 1-oʻrin 11 1999 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2-oʻrin

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon yunon-rum kurashchilari Turkum:Ozarbayjon olimpiya kurashchilari Turkum:1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida kurashchilar Turkum:Ozarbayjon olimpiya sportchilari Turkum:Ozarbayjon erkak kurashchilari Turkum:Mingechaurda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar