Yuliya Volodimirivna Starodubtseva (; 2000-yil 17-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik tennischi. WTA reytingida yakkalik bahslari boʻyicha faoliyatidagi eng yuqori natija — 63-oʻrin (2025-yil 11-avgust), juftlik yoʻnalishida esa 144-oʻringa (2024-yil 9-may) koʻtarilgan .

Starodubtseva ITF ayollar oʻrtasidagi jahon tennis turnirlari seriyasi yakkalik bahslarida toʻrtta va juftlik bahslarida uchta unvonni qoʻlga kiritgan.

Sport faoliyati 2023 Starodubtseva 2023-yil iyun oyida Janubiy Karolinaning Samter shahrida oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $60 minglik turnirda hindistonlik tennischi Karman Thandini magʻlub etib, ilk unvonini qoʻlga kiritgan.

2024 Starodubtseva saralash bosqichidan oʻtib, Avstraliya ochiq chempionatidada Katta dubulgʻa turniri doirasidagi debyut ishtirokini oʻtkazdi. Biroq birinchi bosqichda 6-raqam ostida tasniflangan Ons Jabeurga oʻyinni boy berdi . Sportchi Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etish uchun ham saralash bosqichidan oʻtishga muvaffaq boʻldi, ammo yana birinchi bosqichda Cristina Bucșaga magʻlub boʻldi.

Tennischi Wimbledon musobaqasida qatnashish uchun saralash oʻyinlaridan oʻtdi. U Alison Van Uytvanckni magʻlub etib, musobaqaning asosiy toʻr bahslarida oʻzining ilk gʻalabasini qayd etdi. Ikkinchi bosqichda esa saralash bosqichidan chiqqan yana bir tennischi Lulu Sunga yutqazdi.

146-oʻrinda turgan Starodubtseva saralash oʻyinlaridan oʻtib, AQSh ochiq chempionatidada debyut ishtirokini qayd etdi, biroq birinchi bosqichda 20-raqam ostida tasniflangan Victoria Azarenkaga uch setda magʻlub boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik ayol tennischilar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr ukrainalik ayol sportchilar