Yuliya Sergeyevna Polyachixina (; 2000-yil 6-fevralda tugʻilgan) rossiyalik model va goʻzallik tanlovi gʻolibi boʻlib, Miss Rossiya 2018 unvoniga sazovor boʻlgan. U Rossiya saharfini Miss Universe 2018 tanlovida himoya qilgan, biroq sovrindorlar qatoriga kira olmagan.

Yoshligi Polyachixina Cheboksari shahrida, rus millatiga mansub Sergey Polyachixin va chuvash millatiga mansub Olga Polyachixina oilasida tugʻilgan. Miss Rossiya boʻlishidan avval Polyachixina Chuvash davlat universitetida jurnalistika yoʻnalishida tahsil olayotgan edi. U Parij va Osaka shaharlarida professional model sifatida ishlagan.

Goʻzallik tanlovlari Polyachixina goʻzallik tanlovlaridagi faoliyatini 2015-yilgi „Miss Chuvashiya“ tanlovida ishtirok etishdan boshlagan va u yerda birinchi vitse-miss unvonini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili u gʻolib boʻlib, „Miss Chuvashiya 2016“ unvoniga sazovor boʻlgan. Shundan soʻng u 2016-yilda „Miss Globe“ tanlovida Rossiya sharafini himoya qilib, kuchli oʻnlikdan joy olgan. Keyinchalik Polyachixina Moskva shahrida oʻtkazilgan Miss Rossiya 2018 tanlovida Chuvashiya nomidan ishtirok etgan. U tanlovda gʻalaba qozonib, Sverdlovsk viloyati vakili Polina Popovadan tojni qabul qilib olgan. Uning vitse-misslari Belgorod vakili Violetta Tyurkina va Yakutiya vakili Natalya Stroyeva boʻlgan. Gʻoliblik mukofoti sifatida u yangi avtomobil va 3 million ₽ pul mukofotini qoʻlga kiritgan. Miss Rossiya sifatida u Rossiya sharafini Miss Universe 2018 tanlovida himoya qilgan, biroq sovrindorlar qatoriga kira olmagan.

Polyachixina oʻz vorisi sifatida, Azov shahri vakili Alina Sankoga 2019-yil 13-aprelda boʻlib oʻtgan Miss Rossiya 2019 tanlovida toj kiydirgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Chuvash millatiga mansub rossiyaliklar