Marta Olegivna Kostyuk (; 2002-yil 28-iyunda tugʻilgan) — ukrainalik professional tennischi. WTA reytingining yakkalik yoʻnalishida eng yuqori natijasi — 16-oʻrin (17-iyun 2024), juftlik yoʻnalishida — 27-oʻrin (8-may 2023). WTA Tur musobaqalarida yakkalik yoʻnalishida 1 marta chempionlikni qoʻlga kiritgan (2023-yilgi ATX ochiq turniri). Shuningdek, juftlik bahslari boʻyicha 2 marta chempionlikka ega chiqqan. Katta dubulgʻa turnirlaridagi yakkalik yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi natijasi — 2024-yilgi Avstraliya ochiq turniri boʻliib, ushbu musobaqaning chorak finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Hozirda ukrainalik tennischilar orasida 2-raqamli oʻyinchi hisoblanadi.

Yoshligi va shaxsiy hayoti Otasining ismi Oleg Kostyuk, onasi Talina Beiko. Uning otasi Kiyevdagi oʻsmirlar tennis turniri Antey kubogi musobaqasining texnik direktori boʻlgan. Onasi esa professional tennischi boʻlib, faoliyati davomida WTA reytingida 391-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. 1994-yilda Kostyuk oʻzi tugʻilib oʻsgan shahri Kiyevda sovrin jamgʻarmasi $10 minglik turnirda Ukraina tennis jamoasi safida ishtirok etgan va gʻolib boʻlgan. Kostyuk Chikago shtati universiteti hamda Sautist Missuri shtati universiteti nomidan musobaqalarda qatnashgan Maria Kostyukning singlisi, shuningdek, professional futbolchilar Vadim va Miro Slavov hamda gimnastikachi Oksana Slavovaning amakivachchasi hisoblanadi.

Kostyuk tennis oʻynashni yoshligidan Kiyevning gʻarbiy qismidagi Antey Tennis klubida boshlagan. Mashgʻulotlarni onasi Talina Beiko qoʻl ostida oʻtagan. Sportchi 5 yoshidagi oʻzining ilk taassurotlarini shunday tasvirlagan: „Onam murabbiy sifatida doim juda koʻp ishlardi va men birinchi marta mashgʻulot uchun kortlarga borganimda shuni angladimki, agar tennis bilan shugʻullana boshlasam, onam bilan koʻproq vaqt oʻtkaza olaman. Shuning uchun bu narsa menga motivatsiya edi, agar tennis oʻynasam, u bilan koʻproq birga boʻlardim“. Unga, shuningdek, 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshida SSSR hamda Ukraina terma jamoalari safida oʻynagan togʻasi Taras Beiko ham murabbiylik qilgan.

2023-yil mart oyida Kostyuk Hryhoriy ismli kishiga unashtirilganini eʼlon qildi. 2023-yil noyabr oyida esa u bilan turmush qurdi.

Manbalar

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kiyevlik tennischilar Turkum:Ukrainalik ayol tennischilar Turkum:21-asr ukrainalik ayol sportchilar