Itoatkor xotinlar klubi erlariga itoatkor boʻlishni oʻrgatish orqali ahil oilalarni targʻib qilayotganini daʼvo qiladigan xalqaro islomiy diniy tashkilotdir. Tarkibida 3000 tagacha aʼzo mavjud boʻlgan bu guruh hozirda MalayziyaLai, Isabelle. „Obedient Wives Club to offer sex lessons.“ Asiaone. Asia One, 5 June 2011. Web. 10 Apr. 2012. , IndoneziyaWee, Teo Cheng. „Obedient Wives Club Produces Islamic Sex Guide.“ Jakarta Globe. N.p., 13 Oct. 2011. Web. 10 Apr. 2012. , SingapurCNN International. „Obedient Wives Club to set up a Singapore chapter | CNNGo.com.“ CNN. CNN International, 14 June 2011. Web. 10 Apr. 2012. , Avstraliya, Qozogʻiston va Iordaniyada faoliyat yuritadi hamda 2011-yilda 2013-yilda Angliya va Fransiyada boʻlimlar ochish rejalari borligini eʼlon qilgan. 2011-yil oktyabr oyida Itoatkor xotinlar klubi 115 betlik ochiq-oydiq jinsiy qoʻllanmani — bahsli Islomiy jinsiy hayot nomli kitobni nashr etgan; unda ayollarga erlarini yoʻldan ozishdan saqlash uchun „birinchi darajali fohishalar“dek boʻlish tavsiya qilingan edi. Bu kitob hozirda Indoneziya va Malayziyada taqiqlangan. Kitob faqat klub aʼzolari uchun mavjud boʻlishiga qaramay, uning ayrim qismlari oshkor boʻlgan va internetda keskin bahslarga sabab boʻlgan. Malayziyaning asosiy oqimdagi musulmon tashkilotlari ham klubni tanqid qilgan.

Tarixi Klub Global Ixvon deb ataluvchi biznes firmasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u taqiqlangan islomiy oqim Al-Arqam bilan bogʻliq biznes konglomerat hisoblanadi. 2011-yil 3-iyunda Global Ixvon Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Itoatkor xotinlar klubining birinchi boʻlimini tashkil etdi. Dastlab ayol xodimlarga yaxshi xotin va mahsuldor xodim boʻlishda yordam berish maqsadida tuzilgan bu guruhning asosiy maqsadi musulmon ayollarining nikohdagi jinsiy hayotga boʻlgan qarashlarini oʻzgartirish ediRondonuwu, Olivia, and Razak Ahmad. „Preaching good sex, Obedient Wives Club spreads word across Asia| Reuters.“ Reuters India. Reuters, 24 June 2011. Web. 10 Apr. 2012. . Guruh ayollarning erlariga oʻz tanalaridan xohlaydigan narsaning atigi 10 foizini koʻrsatayotganini daʼvo qiladi.

Shuningdek, bahsli koʻpxotinlilik klubini ham tashkil etgan Global IxvonGooch, Liz. „Malaysian Polygamy Club Draws Criticism — NYTimes.com.“ The New York Times — Breaking News, World News & Multimedia. N.p., 5 Jan. 2010. Web. 10 Apr. 2012. 1994-yilda Malayziyada taqiqlangan diniy islomiy guruh Al-Arqam bilan chambarchas bogʻlangan. Itoatkor xotinlar klubi ular Al-Arqamni qayta tiklashga urinyapti degan ayblovlarni rad etadi.

Itoatkor xotinlar klubi oʻzini islomiy tashkilot deb atashiga qaramay, ular mazhabi va diniy mansubligidan qatʼi nazar barcha ayollar uchun ochiqAhmad, Razak. „Malaysiaʼs Obedient Wives Club angers womenʼs rights groups | FaithWorld.“ Analysis & Opinion | Reuters. N.p., 5 June 2011. Web. 10 Apr. 2012.. Klub erlarini rozi qilishni oʻrgatish orqali ajrimlar, oilaviy zoʻravonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarshi kurashayotganini daʼvo qiladi. Aʼzolardan biri buni shunday izohlagan: „Yotoqda fohishadan kam boʻlmagan yoki undan ham yaxshi boʻlgan ayolga uylangan erkakning yoʻldan ozishi uchun hech qanday sabab boʻlmaydi. Ayol eriga gunoh qilishga yoʻl qoʻyish oʻrniga, uning istaklari roʻyobga chiqishi uchun qoʻlidan kelgan hamma narsani qilishi kerak.“.

Klub 2011-yil iyun oyida Singapurda ham boʻlim ochdi va oz sonli aʼzolarni jalb qildi. Mamlakatning Islom diniy kengashi guruhni qoraladi. Guruh taxminan shu vaqtda Indoneziyaga ham kirib bordi va u yerda taxminan 300 nafar aʼzosi borligini bildirdi.

2015-yilda klub oʻzini tugatganini va uning aʼzolari uni Rumah Poligami Indah Dari Tuhan („Xudo bergan goʻzal koʻpxotinlilik uyi“) nomi bilan qayta brending qilganini eʼlon qildi.

Klubning bosh tashkiloti oʻz shtab-kvartirasini Saudiya Arabistonining Makka shahriga koʻchirdiJakarta Post. „Dreams of the Obedient Wives Club | The Jakarta Post.“ Home | The Jakarta Post. Jakarta Post, 22 June 2011. Web. 10 Apr. 2012. va butun Janubi-sharqiy Osiyo boʻylab kengayib bordi.

Bahslar 2011-yil oktyabr oyida Itoatkor xotinlar klubi ayollarni jinsiy hayotning jismoniy va ruhiy jihatlari boʻyicha yoʻnaltiruvchi 115 betlik kitobni nashr etdi. Islomiy jinsiy hayot nomli bu kitob tez orada jiddiy bahs-munozaralarga sabab boʻldi. "Sisters in Islam" Ryan, Erin Gloria. "„Obedient Wives Club“ Teaches Women Advanced Doormattery Skills." „Obedient Wives Club“ Teaches Women Advanced Doormattery Skills. Jezebel, 5 June 2011. Web. 10 Apr. 2012., AWARE (Ayollar harakati va tadqiqotlar uyushmasi) va Singapur islom diniy kengashi kabi koʻplab guruhlar ushbu kitobni buzuq va ham ayollarga, ham erkaklarga nismatan behurmatlik ramzi deb hisoblab, uni tanqid qildi. Xususan, ular agar ayollar erlariga „birinchi darajali fohishalar“dek xizmat qilsalar, baxtli turmushni saqlab qolishlari mumkin degan klub daʼvosiga eʼtiroz bildirishdi. Tanqidchilarning fikricha, klub targʻib qilayotgan xatti-harakatlar ayollarni jisman obyektga aylantiradi va butun masʼuliyatni xotinlar zimmasiga yuklaydi. Ular, shuningdek, bu yondashuv islomiy nikohni faqat jinsiy faoliyatga keltirib chiqarishini taʼkidlashadi. Singapur islom diniy kengashi vakili „nikohdagi baxt faqat ayoldan olinadigan jinsiy qoniqish bilan chegaralanmaydi“ degan. Ayollar, oila va ijtimoiy taraqqiyot vaziri Sharizat Jalil ham bu fikrga qoʻshilgan holda, „sadoqat, oilaviy zoʻravonlikdan tiyilish va erning oʻz majburiyatlarini bajarishini faqatgina ayolning itoatkorligi va jinsiy jihatdan erni qoʻzgʻatish qobiliyatiga bogʻlash — nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham haqoratdir“, deya taʼkidlaganReuters. Malaysiaʼs obedient wives anger rights groups| Reuters." Reuters India. Reuters, 5 June 2011. Web. 10 Apr. 2012. .

Islomiy jinsiy hayot kitobi taqdimoti doirasida islomiy jinsiy hayotni ulugʻlovchi sahna koʻrsatuvi ham namoyish etildi. Unda ishtirokchilar islomiy jinsiy hayot „yahudiylarning taqiqlangan jinsiy hayotidan bir necha bor ajoyibroq“ ekanini daʼvo qilishgani eʼtirozlarga sabab boʻldihttps://www.youtube.com/watch?v=eaoZh7StKIs Dateline. Bahsli kitob yana „islomiy jinsiy hayotni dunyoga qaytarish uchun yahudiylarga qarshi kurash“ degan kitob ostsarlavhasi bilan ham chop etilgan.

Kitob erkakning bir necha xotinlari bilan birga qiladigan guruh jinsiy aloqasini taklif qilgani va ragʻbatlantirgani uchun ham tanqid qilingan. Biroq klub bu tanqidlarni rad etib, kitob faqat „eng yuqori ruhiy darajaga yetgan erkak oʻzining barcha xotinlari bilan bir vaqtda, ruhiy jihatdan jinsiy aloqa qilishi mumkin“, xolos, deb tilga oladi, deb daʼvo qilgan.

„Berita Harian“ nomli malay tilidagi gazeta kitob sahifalarida ochiq jinsiy tafsilotlar borligini oshkor qildi va kitobning sakkizinchi bobida „qanday qilib jinsiy aloqa ibodatga aylanadi“ mavzusi yoritilganini qayd etdi — unda asoslanmagan holda jinsiy aloqani islomga koʻra Xudoga boʻlgan ibodat sifatida koʻrish mumkinligi daʼvo qilingan. Taqiqlangan Al-Arqam oqimi rahbari Ashariy Muhammad ham kitobdagi haddan tashqari ochiq tasvirlangan mazmundan norozi boʻlgan.

2011-yil oktyabr oyida Kelantan muftiyligi kitobni tanqid qildi va anʼanaviy islomiy hayo, poklik, jinsiy nafsni tiyish qadriyatlarini qayta taʼkidladi. Muftiy shuningdek, „Islom jinsiy mavzuni faqat odobli, muloyim va behayolikdan yiroq tarzda koʻtaradi“, hamda islomda jinsiy masalalar bilvosita iboralar bilan ifodalanishini aytdi. 2011-yil noyabr oyida Malayziya hukumati kitobni taqiqladi.

Yana qarang Al-Arqam Ashariy Muhammad Jinsiy hayotga ijobiy munosabat Giperseksualik Islom va jinsiy hayot Islomda ayollar Islomda koʻpxotinlilik

Manbalar

Turkum:2011-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum:2015-yilda tugatilgan tashkilotlar Turkum:Islomda ayollar huquqlari Turkum:Islomda koʻpxotinlilik (poliginiya) Turkum:Islomiy ayollar tashkilotlari