Gentiana Susaj (-yilda tugʻilgan) — albaniyalik inson huquqlari faoli. Inson huquqlari boʻyicha huquq sohasidagi faoliyatidan soʻng aykidoni oʻrganishni boshlagan va qora kamar sohibasiga aylangan. Shundan beri Albaniyadagi ayollarni kuchaytirish va himoya qilish vositasi sifatida jang sanʼatidan foydalanishni faol targʻib qilib kelmoqda.
Hayoti Susaj Albaniyaning shimolidagi qishloq hududida tugʻilib, oʻsha yerda voyaga yetgan. Dastlab Tirana universitetida huquqshunoslik boʻyicha taʼlim olgan, shundan soʻng Ekvadordagi Lotin Amerikasi ijtimoiy fanlar fakultetida Xalqaro migratsiya, inson huquqlari va taraqqiyot yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini egallagan. Albaniyaga qaytgach, Susaj inson huquqlari boʻyicha huquq sohasiga eʼtibor qaratib, asosan, Albaniyada va gender masalalarini hal etish ustida ish olib boradi.
Keyinchalik Susaj aykidoni oʻrganishni boshlagan va 2018-yilda qora kamar sohibasiga aylangan. Shu tariqa Albaniyada qora kamarni qoʻlga kiritgan birinchi ayolga aylangan. U keyinroq Albaniyada ayol kishi rahbarligidagi ilk jang sanʼatlari markazi — Aikido Albania tashkilotini tuzgan. Susaj odam savdosi va maishiy zoʻravonlikdan jabr koʻrganlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida aykido, shuningdek, ongli xabardorlik va oʻzini himoya qilish usullarini oʻqitishni targʻib qilgan. U, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi davrida „Aikido Albania Better Together“ tashabbusini () ilgari surgan holda koronavirus va uning kundalik hayotga taʼsiridan zarar koʻrgan ayollarga amaliy, moliyaviy hamda ruhiy koʻmak taqdim etgan. 2025-yil holatiga koʻra, Susaj 6000 dan ortiq ayollarni qoʻllab-quvvatlagan, 200 kishini oʻzini oʻzi himoya qilishni oʻqitishga tayyorlagan.
2019-yilda Susaj ayollarni kuchaytirish va ularga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish mqsadida jang sanʼatlaridan foydalanishni targʻib qiluvchi, Nyu-Yorkda joylashgan Empowerment Through Self-Defence (ESD) tashkilotida murabbiy sifatida sertifikat olgan. Keyinchalik u Yevropa boʻyicha ESDning mintaqaviy koordinatori boʻlgan, shuningdek, uning direktorlar kengashida ham faoliyat yuritgan. Susajning lobbi faoliyati Albaniya hukumatining ESD usullarini milliy yoshlar siyosatiga kiritishiga olib kelgan. Buning natijasida 2022-yilga kelib, 60 ta maktabda oʻzini himoya qilish klublari tashkil etilgan.
Susaj PPP kampaniyasini () ochiq qoʻllab-quvvatlagan. U Albaniyada ayollarni zulm va gender tengsizligiga qarshi kurashish uchun „qoʻzgʻolon“ga chaqirgan. Susajning fikricha, asrlar davomida shakllangan afsonalar, rivoyatlar va ijtimoiy meʼyorlar albaniyaliklarning ongini „zaharlab“, patriarxat hamda ayollarga nisbatan zoʻravonlikni odatiy hol sifatida qabul qilishiga olib kelganini taʼkidladi.
2025-yil holatiga koʻra, Susaj Tiranada ikki oʻgʻli bilan yashaydi.
Manbalar
Turkum:1976-yilda tugʻilganlar Turkum:Albaniyalik inson huquqlari faollari Turkum:Tirana universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Albaniyalik huquqshunoslar