Xon al-Gumruk al-Akbar () – Iroqning Mosul shahri Bob al-Saroy hududidagi qadimiy karvonsaroy. Taxminan 1703-yilda Usmoniylar imperiyasi davrida qurilgan karvonsaroy Bob al-Saroyning masjidlari va bir qancha bozorlar, xususan, Haddodin, Atami va Xavozin bozorlari bilan oʻralgan.
Karvonsaroy hozirda Dajla daryosi va Bob al-Jisr maydoni orasida joylashgan.
Tarixi Karvonsaroy Mosuldagi jaliliylar sulolasining faoliyatining dastlabki davriga borib taqaladi. Abduljaliliyning oʻgʻillari boʻlgan dastlabki uch mashhur Jaliliy – Ismoil Ogʻa, Ibrohim Ogʻa va Xalil Ogʻa oʻzlarining masjidlari uchun ushbu karvonsaroyni tashkil qilgan va moliyaviy qoʻllab-quvvatlagan. Bu masjid keyinchalik Ogʻalar masjidi deb atalgan. Tovarlar savdosi uchun joy deb hisoblangan bu muassasa Usmonli soliq tizimiga koʻra tovarlarni roʻyxatga olish joyi boʻlgan.
Xon al-Gumruk, shuningdek, IShIDga qarshi urush paytida vayron qilingan yoki shikastlangan shahardagi koʻpgina meros obyektlaridan farqli oʻlaroq, Mosuldagi asl shaklida saqlanib qolgan kam sonli tarixiy joylardan biri ekanligi bilan ham ajralib turadi .
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Karvonsaroylar Turkum:Mosul