Shayx Rajab masjidi () avval al-Barani masjidi nomi bilan tanilgan, sufiy masjid boʻlib, Iroqning Rava shahrida joylashgan. Rifoiya tariqatining izdoshlaridan boʻlgan Sayyid Rajab ar-Roviy ar-Rifoiyning sharafiga nomlangan. Masjid ikki qismga boʻlingan: zamonaviy qismidan hanuz namoz oʻqishda foydalaniladi, 1625-yilga oid tarixiy qismini suv bosganligi sababli namoz oʻqishda foydalanilmaydi.
Tarixi Al-Baraniy masjidi 1625-yilda Shayx Rajabning (hozirda vayron qilingan) maqbarasi joylashgan qabriston yonida qurilgan. 1989-yilda Rava shahri suv ostida qolgan va shaharning katta qismi bilan birga masjid ham choʻkib ketgan. Raed Ali ar-Roviyning meʼmoriy nazorati ostida 1992-yilda choʻkib ketgan masjid ustida Shayx Rajab masjidi deb ataladigan zamonaviy masjid binosi qurilgan boʻlib, ushbu masjiddan hozirgi kungacha foydalanib kelinmoqda. Eski masjid ham koʻrinib turadi, biroq undan foydalanilmaydi.
Galereya
Yana qarang
Iroqdagi masjidlar roʻyxati Iroqda islom
Manbalar
Turkum:17-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:20-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:1992-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1620-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:1625-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Iroqdagi sunniy masjidlar