Otokar Cobra – Amerikanlik „General Motors“ kompaniyasi qatnashgan holda Turk kompaniyasi „Otokar“ tomonidan ishlab chiqilgan gʻildirakli broneavtomobilCobra Light Armoured Vehicle, Turkey // „Army Technology“Janeʼs Cobra Page. .

Tarixi Broneavtomobil ishlab chiqish ishlari 1994-yilda turk kompaniyasi „Otokar“ tomonidan tashabbuskorlik asosida boshlangan, 1995-yilda loyiha bilan Amerikaning „General Motors“ firmasi ham qoʻshilgan. 1996-yil aprel oyida birinchi prototip broneavtomobil tayyorlangan, 1997-yil iyul oyida esa ishlab chiqish yakunlangan (shu vaqtgacha sakkizta preseriyali namuna ishlab chiqarilgan – razvedka bronemashinasi va bronetransportyor variantlarida)polkovnik V. Nestyorkin. Semeystvo tureskix lyogkix BBM „Kobra“ // „Zarubejnoe voennoe obozrenie“, № 2 (683), 2004. str.34-39.

Bir oz keyin broneavtomobilning suzuvchi varianti ishlab chiqilgan.

2012-yil 12-oktyabrda Qozogʻistonda turk kompaniyasi „Otokar“ va Qozogʻistonning „Qozogʻiston Engineering“ kompaniyasi tomonidan „Cobra“ bronemashinasi ishlab chiqarish boʻyicha qo‘shma korxona tuzish toʻgʻrisida kelishuv imzolanganTursiya budet proizvodit bronetexniku v Kazaxstane // „Росбалт“, 22 oktyabrya 2012.

Tavsifi Broneavtomobil Amerika barcha yoʻl sharoitida yuruvchi HMMWV avtomobilining koʻplab komponentlari ishlatilgan holda ishlab chiqilgan.

Poʻlatdan yasalgan V‑shaklli korpus yengil oʻqotar qurollar, artilleriya parchalari, piyodaga qarshi va tankka qarshi minalar hamda qoʻlbola portlovchi qurilmalardan himoyani taʼminlaydi.

Qurol-yarogʻ

PTRK „Skif“ (Ukraina)

Jangovar foydalanish

Turkiyadagi kurd qoʻzgʻoloni Turk armiyasi boʻlinmalari tomonidan kurd isyonchilari faoliyat yuritadigan hududlarda patrullik qilish uchun qoʻllaniladi.

Gruziyadagi urush 2008-yildagi Gruziya urushi vaqtida Gruziya IIV boʻlinmalari tomonidan ishlatilgan, ikki bronemashina zarba olgan va osetin qoʻshinlari tomonidan trofey sifatida qoʻlga olingan; ulardan biri (308 raqamli) keyinchalik Rossiyada tiklangan.

Suriyadagi fuqarolar urushi Bir nechta mashina Suriya Ozodlik Armiyasi qoʻliga oʻtgan.

Nigeriyadagi urush Nigeriya armiyasi tomonidan qoʻllaniladi. Shuningdek, bir nechta mashina Boko Haram musulmon terrorchilari qoʻliga oʻtgan. Aniqlanmagan sonli bronemashinlar yoʻq qilingan.

Burkina-Faso 2018-yil sentyabrda „Cobra“ bronemashinasi Burkino Faso armiyasiga islomchilar bilan kurashish uchun yetkazib berilgan. 22-dekabrda bir „Cobra“ qoʻlbola portlovchi qurilma portlatilishi natijasida yoʻq qilingan, 3 askar halok boʻlgan va 4 tasi jarohat olganBurkina Faso operating Cobra armoured vehicles.

Qozogʻiston 2022-yil Qozogʻistondagi Yanvar voqealari vaqtida „Kobra“ bronemashinasi Qozogʻiston harbiylari tomonidan patrullik qilish, yoʻllar va koʻchalarni yopish hamda turli obyektlarni qoʻriqlash uchun ishlatilgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha tanklar Turkum:Turkiyaning zirhli transporti Turkum:Otokar harbiy mahsulotlari Turkum:AMG harbiy mahsulotlari