Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq, avgust oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni etib belgilangan.
Har yili ushbu sana munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshganlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan bir qator quruvchilar taqdirlanib boriladi.
Shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va bunyodkorlik ishlari namunalari hamda sohada qoʻlga kiritilgan ilgʻor yutuqlarni oʻzida aks ettirgan televizion koʻrsatuvlar, lavhalar, eshittirishlar hamda maqolalar tayyorlangan holda keng jamoatchilikka yetkaziladi.