Igor Ivanovich Ximich (; 1967-yil 1-sentyabr, Ukraina SSR) – ukrainalik futbol murabbiy va sobiq futbolchi. Futbolchilik faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan. Neftchi futbol akademiyasi direktori.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1994-yilda Myronivkaning „Niva“ klubida boshlagan. 1994-yil kuzida u „Katex“ (Irpin) havaskorlar jamoasida oʻynagan. Keyingi yili „Fakel-GPZ“ (Varva) klubi tarkibiga oʻtgan va u yerda 2000-yilgacha oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Kiyev viloyati chempionatida oʻynagan „Rygondi-2“ (Bila Tserkva) klubida yakunlagan.
Murabbiylik karerasi Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2002-yilning iyulidan oktyabrigacha, 2003-yildan 2005-yil iyunigacha va 2006-yil oktyabridan 2010-yil iyunigacha Bila Tserkvaning Ros jamoasini boshqargan. 2010-yilning 26-iyulidan 2010-yilning 2-avgustiga qadar „Desna“ (Chernigov)Ximich Igor Ivanovich kak trener jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Keyinchalik futbol instruktori sifatida foaliyat olib borgan. 2025-yil 2-oktyabrda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va Neftchi futbol akademiyasi direktori etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar
Futbolchining UPL rasmiy saytidagi tashrif qogʻozi Futbolchi profili „Ukrainskiy futbol“ saytida Murabbiy profili „Ukrainskiy futbol“ saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Fakel Varva futbolchilari Turkum:FC Niva-Cosmos futbolchilari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar