2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi — UEFA tomonidan tashkil etiladigan, qitʼaning eng nufuzli klublararo musobaqasining 71-mavsumi hisoblanadi. Musobaqa, 1955-yildan beri oʻtkazilib kelinayotgan Yevropa kubogi 1992-yilda UEFA Chempionlar ligasi deb qayta nomlangandan keyin 34-marta oʻtkazilmoqda. Amaldagi chempion — oʻtgan mavsum ilk bor gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Paris Saint-Germain klubidir.

Final uchrashuvi 2026-yil 30-may kuni Vengriyaning Budapesht shahridagi Puskás Aréna stadionida boʻlib oʻtadi. Bu Puskás Arénaning ilk bor Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilishi boʻladi. Avvalroq mazkur stadion 2020-yilgi UEFA Superkubogi, UEFA Yevro-2020 musobaqasining bir necha uchrashuvlari va 2023-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga mezbonlik qilgan edi. 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi gʻolibi avtomatik ravishda 2026/27-yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻl oladi, 2026-yilgi Qitʼalararo kubogi finalida ishtirok etadi, 2029-yilgi klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida qatnashadi va 2026-yilgi UEFA Superkubogida 2025/26-yilgi UEFA Yevropa ligasi gʻolibiga qarshi oʻynash huquqini qoʻlga kiritadi. Mazkur mavsum Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bitta davlatdan oltita klub ishtirok etmoqda. Angliya UEFA koeffitsiyent reytingi orqali qoʻshimcha yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, shuningdek, Tottenham Hotspur oʻtgan mavsum Yevropa ligasi gʻolibi sifatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Assotsiatsiyalar boʻyicha jamoalar taqsimoti Jami 82 ta jamoa UEFAga aʼzo 55 ta assotsiatsiyaning 53 tasidan 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etishi belgilangan. Istisnolar — ichki chempionati boʻlmagan Lixtenshteyn va hozirda musobaqalardan chetlatilgan Rossiyadir. UEFA assotsiatsiyalari koeffitsiyenti asosidagi reyting har bir assotsiatsiyadan nechta jamoa ishtirok etishini belgilash uchun qoʻllaniladi:

1–5-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning har biridan toʻrttadan jamoa. 6-oʻrindagi assotsiatsiyadan uchta jamoa. 7–15-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning har biridan ikkitadan jamoa. 16–55-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning har biridan bittadan jamoa (Lixtenshteyn va Rossiyadan tashqari). 2024/25-yilgi UEFA Chempionlar ligasi va 2024/25-yilgi UEFA Yevropa ligasi gʻoliblari oʻz milliy chempionatlaridagi oʻrni orqali 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan taqdirda, ular uchun qoʻshimcha ishtirok etish huquqi beriladi. 2024/25-yilgi mavsum yakunida UEFA koeffitsiyentlari reytingida eng yuqori natijani qayd etgan ikki assotsiatsiyaning har biriga liga bosqichida bitta Yevropa natijalari asosidagi qoʻshimcha oʻrin ajratiladi. Biroq UEFA Chempionlar ligasi va UEFA Yevropa ligasi gʻoliblari bu oʻrinlardan foydalana olmaydi, chunki ular uchun alohida ishtirok etish kafolatlari mavjud.

Assotsiatsiyalar reytingi 2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi uchun assotsiatsiyalar uchun oʻrinlar 2024-yilgi UEFA assotsiatsiyalari koeffitsiyentiga koʻra taqsimlanadi. Ushbu koeffitsiyent 2019/20-yilgi mavsumdan 2023/24-yilgi mavsumlargacha boʻlgan Yevropa musobaqalaridagi natijalarni hisobga oladi. Jadvalda Rossiyaning UEFA musobaqalaridan amaldagi chetlatilishi ham inobatga olingan.

Assotsiatsiyalar koeffitsiyenti asosida taqsimlangan oʻrinlardan tashqari, ayrim assotsiatsiyalar quyida qayd etilganidek, qoʻshimcha oʻrinlarga ham ega:

– Yevropa natijalari asosidagi qoʻshimcha oʻrin; 2024/25-yilgi assotsiatsiyalar koeffitsiyenti reytingida eng yuqori ikki oʻrinni egallagan assotsiatsiyalarga beriladigan qoʻshimcha yoʻllanma. – UEFA Chempionlar ligasi gʻoliblari uchun qoʻshimcha oʻrin. – UEFA Yevrop ligasi gʻoliblari uchun qoʻshimcha oʻrin.

+2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi uchun assotsiatsiyalar reytingiOʻrinAssotsiatsiyaKoeff.JamoaIzoh1104.3034 290.284389.489486.624566.831661.3003756.3162848.800938.6001036.0501136.0501232.9751332.6001431.6251531.5251631.45011731.1251828.0001927.775OʻrinAssotsiatsiyaKoeff.JamoaIzoh2025.52512125.3752222.96502322.10012421.8752521.5002621.3752720.3752820.1252919.6253013.2503113.1253211.5413311.5003411.1253510.8753610.6253710.6253810.375OʻrinAssotsiatsiyaKoeff.JamoaIzoh3910.00014010.0000419.5831429.208438.625448.500458.250467.625477.375487.207496.625506.000515.998525.791535.708544.957551.832

Taqsimot Ushbu bosqichda ishtirok etadigan jamoalarOldingi bosqichdan oʻtgan jamoalarBirinchi saralash bosqichi(28 ta jamoa) 25–27 hamda 30–55-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning (Lixtenshteyndan tashqari) 28 ta chempioniIkkinchi saralash bosqichi(30 ta jamoa)Chempionlar yoʻli(24 ta jamoa) 16–24-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning (Rossiyadan tashqari) 8 ta chempioni eng yuqori klub koeffitsiyentiga ega jamoalar sifatida 28- va 29-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 2 ta chempioni (aslida birinchi saralash bosqichiga tegishli) birinchi bosqichning 14 ta gʻolib jamoasiLiga yoʻli(6 ta jamoa) 10–15-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 6 ta vitse-chempioniUchinchi saralash bosqichi(20 ta jamoa)Chempionlar yoʻli(12 ta jamoa) ikkinchi bosqich (Chempionlar yoʻli)ning 12 ta gʻolib jamoasiLiga yoʻli(8 ta jamoa) 7–9-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 3 ta vitse-chempioni 6-oʻrindagi assotsiatsiyaning uchinchi oʻrinni egallagan jamoasi 5-oʻrindagi assotsiatsiyaning toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoasi ikkinchi bosqich (Liga yoʻli)ning 3 ta gʻolib jamoasiSaralashning pley-off bosqichi(14 ta jamoa)Chempionlar yoʻli(10 ta jamoa) 11–14-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 4 ta chempioni uchinchi bosqich (Chempionlar yoʻli)ning 6 ta gʻolib jamoasiLiga yoʻli(4 ta jamoa) uchinchi bosqich (Liga yoʻli)ning 4 ta gʻolib jamoasiLiga bosqichi(36 ta jamoa) oʻtgan mavsumdagi UEFA Yevropa ligasi gʻoliblari oʻtgan mavsumda eng yuqori koeffitsiyentga ega boʻlgan 2 ta assotsiatsiya uchun qoʻshimcha oʻrin 1–10-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 10 ta chempioni 1–6-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 6 ta vitse-chempioni 1–5-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 5 ta uchinchi oʻrinni egallagan jamoasi 1–4-oʻrinlardagi assotsiatsiyalarning 4 ta toʻrtinchi oʻrinni egallagan jamoasi eng yuqori klub koeffitsiyentiga ega jamoa sifatida 15-oʻrindagi assotsiatsiyaning chempioni (aslida ikkinchi saralash bosqichi, Chempionlar yoʻliga tegishli) saralashning pley-off bosqichi (Chempionlar yoʻli)ning 5 ta gʻolib jamoasi saralashning pley-off bosqichi (Liga yoʻli)ning 2 ta gʻolib jamoasiKvalifikatsion play-off bosqichi(16 ta jamoa) liga bosqichida 9–24-oʻrinlarni egallagan 16 ta jamoaPley-off bosqichi(16 ta jamoa) liga bosqichida 1–8-oʻrinlarni egallagan 8 ta jamoa kvalifikatsion pley-off bosqichining 8 ta gʻolib jamoasi Bu yerda keltirilgan maʼlumotlar Rossiyaning Yevropa futbolidagi amaldagi chetlatilishini aks ettiradi va shuning uchun standart ishtirokchilar roʻyxatiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilgan:

23- (Kipr) va 24-oʻrindagi assotsiatsiya (Vengriya) chempionlari birinchi saralash bosqichi oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi saralash bosqichi (Chempionlar yoʻli)ga qoʻshiladi.

Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi (Paris Saint-Germain) oʻz milliy ligasidagi standart yoʻllanma orqali guruh bosqichiga yoʻllanma olgani sababli, standart ishtirokchilar roʻyxatiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilgan:

ikkinchi saralash bosqichi yoki pley-off bosqichi (Chempionlar yoʻli)da qatnashishi kerak boʻlgan Olympiacos, eng yuqori klublar koeffitsiyentiga ega jamoa sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri liga bosqichiga kiradi. birinchi saralash bosqichi (Chempionlar yoʻli)da qatnashishi kerak boʻlgan Slovan Bratislava va Qarabağ, eng yuqori klublar koeffitsiyentiga ega jamoalar sifatida ikkinchi saralash bosqichining Chempionlar yoʻliga kiradi.

Jamoalar Qavs ichidagi yozuvlar har bir jamoaning oʻz boshlangʻich bosqichidagi oʻrnini qanday qilib qoʻlga kiritganini koʻrsatadi:

TH: Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi. EL: Yevropa ligasining amaldagi gʻolibi. 1st, 2nd, 3rd, 4th va h.k.: oʻtgan mavsumda ichki ligadagi oʻrni EPS: European Performance Spots – 2024/25-yilgi mavsum yakuniga koʻra, eng yaxshi ikkita assotsiatsiya uchun beriladigan biitadan qoʻshimcha oʻrin.

Yevropadagi natijalari asosidagi qoʻshimcha oʻrinlar egalari va amaldagi chempionlarni anglatuvchi yozuvlar (ichki ligalaridagi oʻrnidan keyin) kichik yozuvda beriladi.

Ikkinchi saralash bosqichi, uchinchi saralash bosqichi va saralashning pley-off bosqichi Chempionlar yoʻli (CH) va Liga yoʻli (LP)ga boʻlingan. +2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etuvchi jamoalarKirib kelgan bosqichiJamoalarLiga bosqichi Paris Saint-Germain TH Tottenham Hotspur Liverpool Arsenal Manchester City Chelsea Newcastle United EPS Napoli Inter Milan Atalanta Juventus Barcelona Real Madrid Atlético Madrid Athletic Bilbao Villarreal EPS Bayern Munich Bayer Leverkusen Eintracht Frankfurt Borussia Dortmund Marseille Monaco PSV Eindhoven Ajax Sporting CP Union Saint-Gilloise Galatasaray Slavia Prague Olympiacos Saralashning pley-off bosqichi Celtic Basel Sturm Graz Bodø/Glimt Uchinchi saralash bosqichi Nice Feyenoord Benfica Club Brugge Fenerbahçe Ikkinchi saralash bosqichi Copenhagen Maccabi Tel Aviv Dynamo Kyiv Red Star Belgrade Rijeka Lech Poznań Pafos Ferencváros Qarabağ Slovan Bratislava Viktoria Plzeň Rangers Servette Red Bull Salzburg Brann Panathinaikos Birinchi saralash bosqichi Malmö FF FCSB Ludogorets Razgrad Olimpija Ljubljana Milsami Orhei Drita Qayrat KuPS Shelbourne Noah RFS Víkingur Gøta Zrinjski Mostar Breiðablik Linfield Differdange 03 Žalgiris Hamrun Spartans Iberia 1999 Egnatia Levadia Tallinn Dinamo Minsk Shkëndija Inter Club d'Escaldes The New Saints Budućnost Podgorica Lincoln Red Imps Virtus

Taqvim Musobaqa taqvimi quyidagicha belgilangan. Bitta „eksklyuziv hafta“ boʻlib, unda payshanba kuni ham oʻyin oʻtkaziladi. Boshqa turlardagi barcha oʻyinlar seshanba va chorshanba kunlari oʻtkaziladi, faqat 8-tur (faqat chorshanba) va final bundan mustasno:

+2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi taqvimiBosqichQurʼa sanasiBirinchi oʻyinIkkinchi oʻyinSaralashBirinchi saralash bosqichi2025-yil 17-iyun2025-yil 8–9-iyul2025-yil 15–16-iyulIkkinchi saralash bosqichi2025-yil 18-iyun2025-yil 22–23-iyul2025-yil 29–30-iyulUchinchi saralash bosqichi2025-yil 21-iyul2025-yil 5–6-avgust2025-yil 12-avgustPley-off bosqichi2025-yil 4-avgust2025-yil 19–20-avgust2025-yil 26–27-avgustLiga bosqichi1-tur2025-yil 28-avgust2025-yil 16–18-sentabr2-tur2025-yil 30-sentabr – 1-oktabr3-tur2025-yil 21–22-oktabr4-tur2025-yil 4–5-noyabr5-tur2025-yil 25–26-noyabr6-tur2025-yil 9–10-dekabr7-tur2026-yil 20–21-yanvar8-tur2026-yil 28-yanvarPley-off bosqichiKvalifikatsion pley-off bosqichi2026-yil 30-yanvar2026-yil 17–18-fevral2026-yil 24–25-fevralNimchorak final2026-yil 27-fevral2026-yil 10–11-mart2026-yil 17–18-martChorak final2026-yil 7–8-aprel2026-yil 14–15-aprelYarimfinal2026-yil 28–29-aprel2026-yil 5–6-mayFinal2026-yil 30-may – Budapesht, Puskás Aréna

Saralash bosqichlari

Birinchi saralash bosqichi

Ikkinchi saralash bosqichi

Uchinchi saralash bosqichi

Saralashning pley-off bosqichi

Liga bosqichi

2025/26-yilgi UEFA Chempionlar ligasi liga bosqichi uchun qurʼa 2025-yil 28-avgustda Monakodagi Grimaldi Forumda oʻtkazildi. 36 ta jamoa UEFA klublar koeffitsiyenti boʻyicha toʻqqiz jamoadan iborat toʻrtta savatchaga boʻlingan, Chempionlar ligasi gʻoliblari esa avtomatik tarzda 1-guruhning eng yuqorisiga joylashtirilgan.

36 ta jamoa avval qoʻlda tortib olingan va keyin avtomatlashtirilgan dastur ularning sakkiz xil raqibini tasodifiy tanlagan, shuningdek qaysi oʻyinlar uyda, qaysilari safarda oʻtkazilishini ham aniqlagan. Har bir jamoa toʻrtta savatchaning har biridan ikki raqib bilan oʻynaydi: biri uyda, biri safarda. Jamoalar oʻz assotsiatsiyasidagi jamoa bilan oʻynamaydi va bir assotsiatsiyadan maksimal ikki jamoaga qarshi tushishi mumkin.