Mashaalloh ibn Asariy (), Mashallah nomi bilan tanilgan, VIII asrda faoliyat yuritgan fors millatiga mansub yahudiy munajjim, astronom va matematik. Asli xurosonlik boʻlgan. Abbosiy xalifalari al-Mansur va al-Maʼmun hukmronligi davrida Basrada (hozirgi Iroqda) yashab, Bagʻdodga astrologiya hamda astronomiyani olib kirgan olimlardan biri hisoblanadi. Bibliograf Ibn an-Nadim Mashallohni „fazilatli va oʻz zamonasida yulduzlar va fiqh ilmi boʻyicha yetakchi“ deb taʼriflagan. Abbosiylar xalifaligida saroy munajjimi boʻlib xizmat qilgan va arab tilida astrologiyaga oid asarlar yozgan. Bu asarlardan baʼzilari lotin tiliga tarjima qilingan va saqlanib qolgan.

Oy yuzasidagi Messala krateri Mashallah nomi bilan atalgan.

Manbalar

Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:8-asrda tugʻilganlar