Tarixi negarestan () – bu 1552-yilda Safaviylar davri kotibi va tarixchisi Ahmad Gʻafforiy Qazviniy tomonidan yozilgan fors tilidagi universal tarixiy asar. Yilnomaning maqsadi Safaviylar sulolasi, jumladan Tahmosb I () haqidagi muhim tarixiy maʼlumotlarni yetkazish edi.
Walters sanʼat muzeyida 1569-yilda Eronda yozilgan Tarixi negarestanning miniatyurali nusxasi saqlanadi. 17-asr boshlarida asar usmonli turkchasiga Nüzhet-i cihan ve nâdire-i zaman nomi bilan Altıparmak Mehmed Efendi tomonidan tarjima qilingan. Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasi va Yenicami kutubxonasida uning nusxalari mavjud. Tarixi negarestanning birinchi litografiya nashri 1859-yilda Mumbai shahrida chop etilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Safaviylar adabiyoti Turkum:16-asr fors kitoblari Turkum:Fors tilidagi tarix yilnomalari