Habib ibn Maslama al-Fihriy (; -yilda tugʻilgan – -yilda vafot etgan) – dastlabki musulmon fathlari davrida yashagan arab lashkarboshisi. Muoviya ibn Abu Sufyon boshqaruvi ostida xizmat qilgan. Shom (Levant)ning musulmonlar tomonidan zabt etilishi va Yuqori Mesopotamiyada vizantiyaliklarga qarshi janglarda ishtirok etgan, keyinchalik oʻsha yerda noib etib tayinlangan. Shuningdek, Vizantiya nazorati ostidagi Armaniston hududiga qilingan yurishda qatnashgan va bosib olingan Armaniston hududlariga hokim etib tayinlangan. Keyinchalik Armanistondan chaqirib olinib, Shimoliy Suriyada vizantiyaliklarga qarshi janglarda ishtirok etgan. Birinchi fitna davrida Muoviyaga sodiq qolgan va Siffin jangida alohida jasorat koʻrsatgan. Muoviya xalifa etib tayinlanganidan keyin Armaniston va Eron Ozarbayjoniga noib etib tayinlangan.
Hayoti Habib ibn Maslama taxminan 617-yilda Makkada tugʻilgan. Quraysh qabilasining (paygʻambar Muhammad mansub boʻlgan qabila) Muharib ibn Fihr urugʻidan boʻlgan. Vizantiya imperiyasiga qarshi olib borilgan Shom (Levant) va Yuqori Mesopotamiya yurishlarida alohida jasorat koʻrsatgan. Habib Yarmuk jangida otliq qoʻshinga boshchilik ilgan. Xalifa Umar tomonidan () dastlab Himsga, keyinroq Yuqori Mesopotamiyaga noib etib tayinlangan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Armanistondagi Umaviylar hokimlari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:662-yilda vafot etganlar Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:Armanistondagi Roshidun xalifaligi noiblari Turkum:Roshidun xalifaligi generallari