Humayd ibn Hurays ibn Bahdal al-Kalbiy () – Umaviylar xalifaligi davrida xizmat qilgan yuqori martabali qoʻmondon, Banu Kalb qabilasining boshligʻi. Xalifalar Marvon I va Abdulmalik davrida shurta boshligʻi boʻlgan, ulardan avvalgi xalifa Yazid I davrida ham shu lavozimda boʻlgan. 687-yilda Umaviy shahzodasi Amr ibn Said ibn al-Os tomonidan Abdulmalikka qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga qoʻshilgan. Qoʻzgʻolon muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangach, Humayd yana Abdulmalik bilan yarashgan. Marj Rahit (684) va Xazir janglaridan keyin Kalb qabilasini dushman qabilalar, yaʼni Qaysiylar, xususan, Banu Amir, Banu Sulaym va Fazora qabilalariga qarshi koʻplab yurishlar va janglarda boshqargan.
Oilasi right|thumb|300x300px|Humayd ibn Hurays al-Kalbiyning shajarasi Humayd ibn Hurays Banu Kalb qabilasining nufuzli boshligʻi Bahdal ibn Unayfning nabirasi edi. Humaydning oilasi va qabilasi ilk Umaviy xalifalari Muoviya I (), Yazid I () va Muoviya II () bilan qarindoshlik rishtalariga ega boʻlib, Umaviylar davlatida nufuzga ega boʻlganCrone 1980, p. 93.. Humaydning amakivachchalari Hasan ibn Molik va Said ibn Moliklar yuqorida tilga olingan xalifalar davrida Shomdagi turli harbiy viloyatlarda (ajnad) noib (hokim) lavozimlarida xizmat qilganlarCrone 1980, pp. 93–94..
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi generallari Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar