Bobur ensiklopediyasi (shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi) – 2014-yilda oʻzbek akademigi Azizxon Qayumov rahbarligida chop etilgan ensiklopediya. Ensiklopediya shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq. 2014-yilda Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan nashr etilgan. Umumiy hisobda 744 sahifadan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi „Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi PQ-20-sonli qaroriga asosan, ensiklopediyaning toʻldirilgan uchinchi nashri chop etilgan. Ensiklopediyada Boburga aloqador asosiy voqealar, shaxslar, joylar hamda boshqa maʼlumotlar aks etgan. Ensiklopediyaning nusxalari Oʻzbekiston milliy kutubxonasida joylashgan. Manbalar

Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar