Neftchi Fargʻona futbol klubi uchun 2024-yilgi mavsum 62-mavsum boʻldi. Klub Oʻzbekiston futboli oliy divizionining 33-mavsumida va Oʻzbekiston kubogi bahslarida ishtirok etdi.
Transferlar Klub 2021-yilgi mavsumda jamoaga kelgan va 3 mavsum davomida oʻynagan Ulugʻbek Hoshimov bilan, darvozabon Vladimir Nazarov va himoyachi Nodir Neʼmatxonov bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. 2023-yilgi mavsumda Termizning Surxon klubidan taklif etilgan Zoir Joʻraboyev bilan shartnoma uzaytirildi. 2023-mavsum boshida Metallurg Bekobod jamoasidan klubga qaytgan Anvarjon Gʻofurov bilan joriy shartnoma uzaytirildi. 2022-yilgi mavsumda jamoaga taklif etilgan Mirzohid Gʻofurov bilan shartnomasi uzaytirildi. 2023-yilgi mavsumda jamoaga taklif etilgan va klubda eng koʻp vaqt oʻynagan Gʻulomhaydar Gʻulomov bilan shartnoma uzaytirildi. 2023-yil 8-dekabr kuni Tojikiston milliy terma jamoasi himoyachisi Manuchehr Safarov bilan shartnoma imzolandi. Uning „Lokomotiv Toshkent“ klubi bilan shartnomasi tugadi. Izzatilla Abdullayev, Abdulloh Olimov va Sunnatulla Abdullajonov shartnomalarini tugagani sabali jamoadan ketishdi. Klub futbolchilari 7-yanvardan 24-fevralgacha Turkiyada mashgʻulotlarda boʻlishdi. Murabbiy Aziz Alijonov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi. Klub Turkiyada 5 ta oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazgan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston futbol klublarining 2024-yilgi mavsumi