Fermín López Marín (2003-yil 11-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing FC Barcelona klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachisi.
Klublardagi karyerasi Yoshlik yillar Andalusiyaning El Campillo shahrida tugʻilgan López karyerasini mahalliy CD FB El Campillo klubida boshlagan. Keyinchaalik Recreativo de Huelva jamoasida biroz vaqt toʻp surgan futbolchi 2012-yilda Real Betis klubiga koʻchib oʻtgan. 2016-yilning yozida esa u Barcelona yoshlar akademiyasiga borib qoʻshildi.
Barcelona 2022-2023-yilgi mavsumlar: Linares (ijara) 2022-yilning 19-avgustida López Barcelona Atlètic bilan ikki yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi va bilan darhol 2022-2023-yilgi mavsum uchun Primera Federaciónning Linares Deportivo jamoasiga ijaraga berildi. Toʻqqiz kundan soʻng klub safida oʻz debyutini oʻtkazdi.
López oʻzining birinchi golini 2022-yil 30-oktyabrda Rayo Majadahonda jamoasi qarshi safar uchrashuvida (2:1) kiritdi. U mavsum davomida umumiy hisobda 40 ta oʻyinda maydonga tushib 12 ta gol muallifiga aylandi.
2023-2024-yilgi mavsumlar: Asosiy jamoa Mavsum oldi uchrashuvlarida Barcelona bilan mashgʻulotlarda koʻrsatgan oʻyinidan soʻng, López 2023-yil iyul oyida asosiy jamoa safiga chaqiruv oldi. U klub safidagi kuchli oʻyinlari sabab koʻplab eʼtiroflarga sabab boʻldi. Futbolchi shuningdek 2023-yil 29-iyul kuni boʻlib oʻtgan Real Madrid jamoasiga qarshi oʻrtoqlik bahsida bir gol va bitta golli uzatma muallfiga aylandi. Xavi ushbu natijalardan soʻng López 2023-2024-yilgi mavsumni toʻliq asosiy jamoa safida oʻtkazishini tasdiqladi.
2023-yilning 27-avgustida futbolchi Villareal klubiga qarshi bahsda La Ligadagi debyutini oʻtkazdi. Ikki kundan soʻng u klub bilan shartnomasini 2027-yilning iyuniga qadar uzaytirdi. Shartnomaga koʻra Lópezning tannarxi 400 million yevro etib belgilandi. Keyinchalik 10-sentyabrda Fermin Xavining ruxsati bilan Barcelona Atlètic safida Gimnàstic de Tarragona jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushdi va ikki sariq kartochka olgan holda maydondan chetlatildi. Soʻngra u yana asosiy jamoa safiga qaytib Royal Antwerp F.C. klubiga qarshi kechgan UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi bahsda zaxiradan maydonga tushgan holda turnirda debyut qildi. Bir haftadan keyin Mallorca bilan boʻlgan bahsning 64-daqiqasida maydonga tushirildi va Barcelona safidagi debyut golini kiritdi.
2023-yilning 25-oktyabrida López ilk bor Chempionlar Ligasi bahsida asosiy tarkibda maydonga tushirilda va gʻalaba goli muallifiga aylandi. Shuningdek futbolchi ushbu oʻyinda „Man of the Match“ sovriniga ham loyiq koʻrildi.
Terma jamoadagi karyerasi 2023-yil 6-oktyabrda López Ispaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqiruv oldi va 13-oktyabr kuni O‘zbekistonning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻyinda oʻz debyutni oʻtkazdi. Keyinchalik 17-oktyabr kuni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2025-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Qozog‘iston U-21 jamoasiga qarshi safardagi bahsda (4:0) debyut golini kiritdi.
2024-yil 27-may kuni López UEFA Yevro-2024 turniri uchun Ispaniyaning dastlabki 29 kishilik tarkibiga kiritildi. 5-iyun kuni u Badajoz shahridagi Estadio Nuevo Vivero stadionida kechgan Andorraga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (5:0) ilk uchrashuvini oʻtkazdi. 62-daqiqada Barcelona klubidagi jamoadoshi Pedri oʻrniga maydonga tushdi va boshqa bir jamoadoshi Ferran Torresning goliga assistentlik qildi.
2024-yil may oyida López Ispaniya terma jamoasining UEFA Yevro-2024 turniri uchun yakuniy 26 kishilik qaydnomasiga kiritildi. Jamoa turnirda gʻalaba qozonadi, biroq futbolchi deyarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi.
Statistika
Klub
+ Klublar safidagi statistikasiKlubMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBarcelona B2022–2023Primera Federación00———002023–202410———10Umumiy10———10Linares (ijara)2022–2023Primera Federación371230——4012Barcelona2023–2024La Liga3182182104211Umumiy69205182108323
Terma jamoa
+ Terma jamoa safidagi statistikasiTerma jamoaYilOʻyinlarGollarIspaniya202420Umumiy20
Sovrinlar Ispaniya UEFA Yevropa chempionati: 2024
Manbalar
Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar