Ricky Raphel Brown (1985-yil 28-yanvarda tavallud topgan) - NoClue taxallusi bilan tanilgan Sietllik reper. U 2005-yil yanvar oyida 51,27 soniyada 723 ta soʻz (sekundiga 14,1 soʻz) oʻqigan. Bu bilan Brown Ginnes rekordlar kitobining, „Dunyodagi eng tez rep-MC“ nomli rasmiy mukofotini qoʻlga kiritgan. Hayoti NoClue Vashington shtatidagi Sietl shahrida ulgʻaygan. U toʻrt yoshida rep ayta boshlagan va toʻqqiz yoshida oʻzining qoʻshiqlari uchun matn yozishga kirishgan. Brownning bobosi „The Singing Galatians“ gospel guruhining aʼzosi boʻlgani sababli, u musiqa sohasini yoshligidanoq mukammal egallashga imkoniyati boʻlgan. Brown har hafta yakshanba kuni bobosining ushbu guruh bilan oʻtkazadigan ovoz yozish mashgʻulotlarida qatnashib, studiya tajribasini orttirgan. Brownning birinchi yozuvlari oʻrta maktabda oʻqib yurganida amakivachchalari bilan qilingan mashhur rep-bitlar toʻplamidan iborat edi.

Yoʻnalishi NoClue – West Coast hip hop uslubidan ilhomlangan hip-hop san’atkori. U oʻzining har bir qoʻshigʻida namoyon boʻlgan oʻtkir va optimistik ruhiyati bilan koʻp qirrali shoir sifatida oʻzini namoyon etgan. Brown reper Tupak Shakurningqoʻshiqlaridan va ijodidan ilhomlanib qoʻshiqlar yozgan. Uning aytishicha, NoClue taxallusi „dunyoning u qanday taʼsir koʻrsatishi haqida hech qanday tasavvurga ega boʻlmaganligidan“ kelib chiqqan.

Homiylik Nyu-Yorkdagi Wix Music va YouTube Space 2015-yil noyabr oyida Wix.com Music ishga tushirilishi munosabati bilan NoClue #OpeningAct kampaniyasi tomonidan YouTube Space New York’da 6K 360 virtual reallik formatida maxsus chiqish qilish uchun tanlab olingan. Ushbu chiqish uning „Voices“ nomli singli eng maqbuli sifatida surʼatga olingan.

Mercedes-AMG NoClue guruhi ijrosidagi „Movement“ qoʻshigʻi 2014-yil davomida Germaniyada Mercedes-AMG hashamatli avtomobillarining (2014-yil modellari) umummilliy reklamasida yangragan. Microsoft Windows Azure NoClue 2012-yil oktyabrda Microsoft Windows Azureʼning timsoliga aylangan. Qayta ishga tushirish haqida surʼatga olingan reklama roligi tez tarqalib, bahs-munozaralarga sabab boʻlgan. Brownning tez va murakkab nutq uslubi tanqidga uchragan, biroq uning aniq-ravshan matnlarni tez aytishi maqtovlarga sazovor boʻlgan. Hozirda Microsoft nomidan Brownning rep ijrosiga raqobatdosh topish maqsadida onlayn tanlov oʻtkazilmoqda.

Samsung Galaxy S III va Optus 4G NoClue dunyodagi eng tez notiq (Shon Shennon), eng tez oʻquvchi (Govard Berg) va eng tez matnli xabar yuboruvchi (Melissa Tompson) bilan hamkorlikda, 2012-yil sentyabr oyida Avstraliyaning Sidney va Pert shaharlarida Samsung Galaxy S III taqdimoti bilan bir vaqtda Optusning 4G isteʼmol tarmoqlarida oʻz debyutini amalga oshirgan.

Long Live LLC va Cinema 28 NoClue – Long Live LLC kompaniyasining bosh direktori va asoschisidir. 2012-yil kuzida tashkil etilgan Cinema 28 nomli video ishlab chiqarish boʻyicha shoʻba korxonasi ham mavjud. Ushbu kompaniya professional modellar portfoliosi, musiqa kliplari va toʻy kinematografiyasi sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, dron-kameralar va 4K jihozlaridan foydalanadi. Long Live LLC tomonidan debyut oʻlaroq suratga olingan qisqa metrajli videoklipi, 2014-yil 21-yanvarda World Star Hip Hop saytida ilk bor namoyish etilgan va jami 950 000 dan ortiq koʻrishlar soniga erishgan. Ushbu videoklip orasida Bad Girls Club telekoʻrsatuvining 10-mavsumidagi Jenn, va NoClue ning „Clapp“ nomli musiqiy singli ham joy olgan.

OAVda chiqishi iTunes NoCluening „NoClue“ nomli albomi 2014-yil oktyabr oyida iTunes Top 50 reytingining birinchi sahifasidan oʻrin egallagan. Discovery Channel NoClue 2014-yil 23-aprelda Discovery Channelda Daily Planet teledasturining „Sayyoradagi eng tezkor oʻnta narsa“ toʻplamida namoyish etilgan. Musiqiy relizlari Diskografiyasi NoClue – EP: (2014 – iTunes, Amazon, va Rhapsodyda) Just landed – Mixtape: (2012- ThaNorthWest.com da) 4Warning – EP: (2011 – iTunes, Amazon, va Rhapsodyda) The Beginning – EP: (2010- Available on iTunes, Amazon, and Rhapsody) Ginnes rekordi Brown 2005-yilda 20 yoshida Ginnesning jahon rekordini yangilab, dunyodagi eng tez kuylagan repperga aylanadi. Bu rekord 2005-yil 15-yanvarda Sietldagi B&G Studios studiyasida litsenziyalangan nutq terapevti nazorati ostida yozib olingan. Brown repni soniyasiga 14,1 soʻz tezlikda ijro etib, 1998-yilda Chikagolik reper Rebel XD tomonidan oʻrnatilgan soniyasiga 12,5 soʻzlik avvalgi rekordni yangilagan. Keyinchalik yangilangan NoClue rekordi 2005-yil avgust oyida chop etilgan va Ginnesning 2006-yilgi rekordlar kitobiga kiritilgan. Manbalar

Havolalar

MTV Artist Profile: NoClue NoCluening qoʻshigʻi Rhapsodyda

Turkum:Sietllik reperlar