Zeliha Ağrıs (1998-yil 20-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik taekvondochi. 2017-yilda super yengil vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Zeliha Ağrıs 1998-yil 20 yanvarda Konya viloyatining Beyşehir shahrida tugʻilgan. Konya shahrida ulgʻaygan. Otasi restoran boshqaruvchisi boʻlgan.
Bolaligida juda qiziqqon qiz boʻlgan. Yaqin-atrofdagi sport zallaridan birida taekvondo mashgʻulotlarini tomosha qilib, mazkur sport turiga qiziqib qolgan. Dastlab otasi qizini taekvondoga bilan shugʻullanishiga rozi boʻlmagan. Murabbiy Zelihaning otasini koʻndirgan. Zeliha oʻn yoshida taekvondo bilan shugʻullana boshlagan. Keyinchalik ota-onasi uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan.
U Konya shahridagi Selçuk universitetining jismoniy fanlar yoʻnalishida tahsil olgan.
Faoliyati 2011-yilgi Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtkazilgan tekvondo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro maydondagi debyutini amalga oshirgan.
Portugaliyaning Portu shahrida boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida xalqaro musobaqalardagi ilk medalini qoʻlga kiritgan. −55 kg vazn toifasida bronza medali sohibasiga aylangan. 2014-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Telleborg open turnirining −55 kg vazn toifasida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ağrıs Latviyaning Daugavpils shahrida oʻtgan 2015-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medal sohibasiga aylangan. Shveytsariyaning Montreux shahrida boʻlib oʻtgan 2016-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Bolgariyaning Sofiya shahrida oʻtkazilgan 21 yoshgacha boʻlgan Yevropalik taekvondochilar oʻrtasidagi chempionatda bronza medalini va 2017-yilgi Islom birdamigi oʻyinlarida (Ozarbayjon, Boku) kumush medalini qoʻlga kiritgan. Janubiy Koreyaning Muju shahrida oʻtgan 2017-yilgi jahon chempionatlarida oʻz vazn toifasida oltin medal sohibasiga aylangan. Yarim finalda Dinorahon Mamadibragimova va finalda Tatiana Kudashovani magʻlub etgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik ayol taekvondochilar