Ruhi Sarıalp (15-dekabr 1924-yil — 3-mart 2001-yil) — Turkiyalik sportchi. Asosan yengil atletikaning uch hatlab sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda qatnashgan. Manisada tugʻilgan.

Shaxsiy hayoti Ruhi taniqli turk davlat arbobi Ali Fuat Cebesoyning singlisi Ayşe Cebesoy bilan turmush qurganWeekly News Magazine Aksiyon .

Faoliyati 1948-yilda Buyuk Britaniyaning London shahrida oʻtkazilgan yozgi olimpiya oʻyinlarida (yengil atletikaning uch hatlab sakrash yoʻnalishida) Turkiya sharafini himoya qilgan. Mazkur olimpidada 15 m 2 sm uzoqlikka sakrab, bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Konya shahridagi harbiy maktabda oʻqiyotgan paytida yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan. 1945-yilda uch hatlab sakrash boʻyicha Turkiya rekordini oʻrnatgan. Ikkinchi marta olimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, 1950-yilda Belgiyaning Brssel shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medali sohibiga aylangan. Shu tariqa Sarıalp olimpiada va Yevropa chempionatlarida medal qoʻlga kiritgan ilk Turkiyalik yengil atletikachiga aylangan. Ruhi Sarıalp 1951-yilda Italiya Rim shahrida harbiylar oʻrtasida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida gʻolib boʻlgan va jahon rekordini oʻrnatgan. 1952-yilgi chempionatda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritganAtletik .

Ruhi Sarıalp sportdagi faoliyatini yakunlagandan soʻng, Istanbul Texnika Universiteti (İTÜ) jismoniy tarbiya oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Istanbulning Tuzla tumanida joylashgan İTÜning yopiq sport zali Ruhi Sarıalp sharafiga nomlanganSchool of Maritime, Istanbul Technical University . Sarıalp Fenerbahçe sport klubining yengil atletika boʻlimi oliy kengashi raisi boʻlganAngelfire news .

Ruhi Sarıalp 2001-yil 3-mart kuni Izmirda vafot etgan. Istanbuldagi Edirnekapı shahidlar qabristonida dafn etilganNewspaper Hürriyet March 6, 2001 .

2024-yil fevralda Istanbuldagi Ataköy Arenada Yengil atletika bpʻyicha Ruhi Sarıalp kubogi oʻtkazilgan.

Manbalar

Turkum:Turkiya sportchilari Turkum:Yengil atletika boʻyicha jahon chempionati gʻoliblari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar