Uber Eats – Uber kompaniyasi tomonidan 2014-yilda ishga tushirilgan oziq-ovqatlarga onlayn buyurtma orqali yetkazib berish hizmati. Ovqatlar kuryerlar tomonidan turli usullar, jumladan, avtomobillar, skuterlar, velosipedlar yordamida yoki piyoda holatda yetkazib beriladi. U 2021-yil hisobiga koʻra, 45 mamlakatning 6000 dan ortiq shaharlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Oziq-ovqatlarni yetkazib berish jarayoni Uber haydovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Uber Eats har kuni oʻz xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan shaharlarda, hamkorligi yoʻlgan qoʻyilgan restoranlardan buyurtma qilingan taomlarini yetkazib beradi. 2020-yilda kompaniya restoranlarga Uber Eats bilan hamkorlik qilish uchun, kechki vaqtlarda yetkazib berish xizmatidan foydalangan mijozlar uchun 13-40% miqdorida chegirma qilish sharti qoʻyilgani bois, monopoliyaga qilish maqsadida narxlarni manipulyatsiya qilganlikda ayblanib, ishi sudga oshirilgan.
Tarixi
Uber Eatsga egalik qiluvchi Uber kompaniyasiga 2009-yilda Garrett Camp va Travis Kalanick tomonidan asos solingan. Kompaniya oziq-ovqat yetkazib berishni 2014-yil avgust oyida Kaliforniyaning Santa Monica shahrida UberFRESH nomi ostida boshlagan. 2015-yilda platforma nomi UberEats deb oʻzgartiriladi va buyurtma berish uchun alohida ilova ishlab chiqiladi. 2016-yilda u London va Parijda ham oʻz faoliyatini boshlagan.
2018-yil noyabr oyida kompaniya Yevropa bozorlarida ishchi kuchini uch baravar oshirish boʻyicha rejalarini eʼlon qilgan. 2018-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kompaniya Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlaridagi 20 mamlakatning 200 ta shahrida oziq-ovqat yetkazish xizmatini amalga oshirgan.
2019-yil yozda Uber Eats Shimoliy yarimsharda dronlar orqali oziq-ovqat yetkazib berish ishlarini boshlash haqida maʼlum qilgan. Iyul oyida Uber Eats baʼzi shaharlarda restoranlarda oldindan stol buyurtma qilish imkoniyatini taklif qila boshlaydi, bu esa mijozlarga oldindan ovqat buyurtma qilib, keyin restoranda ovqatlanish imkonini beradi.
2019-yil sentyabrida Uber Eats Janubiy Koreya bozorini tark etishi haqida xabar beradi. Reuters buni Koreyadagi oziq-ovqat yetkazib berishdagi kuchli raqobat sababli deya izohlagan. Shu yilning oktyabr oyida kompaniya ilova orqali zakaz berib, restoranlardan olib ketish xizmatini ham ishga tushiradi. 2019-yil 15-oktabrda esa Burger King fast-foodlarini butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab yetkazib berish boʻyicha muvaffaqqiyatli shartnoma imzolaganligi maʼlum boʻladi.
2020-yil 21-yanvarda Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha aksiyalarini sotib olishini eʼlon qilgan. Shartnomaning bir qismi sifatida Uber Zomatoning 10% ulushiga ega boʻlgan va Zomato Hindistondagi Uber Eatsning barcha mijozlariga xizmat koʻrsata boshlagan. Kelishuv vaqtida Zomato taxminan 3,55 milliard dollarga baholangan.
2020-yilning 28-yanvarida Uber Eats McDonald’sning Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi Just Eat oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi bilan hamkorlik qilganligi sababli tarmoq mahsulotlarini Britaniya boʻylab yetkazib berish huquqiga ega emasligi xabar qilgan. Kompaniya bir yil avval McDonald’s mahsulotlarini AQSh boʻylab yetkazib berish huquqidan mahrum boʻlgan edi.
2020-yil mart oyida, COVID-19 pandemiyasi davrida Uber Eats yangi mijozlari soni 30 foizga oshganini qayd etgan. Shuningdek, ushbu davrda kompaniya restoranlardan 30% dan 35% gacha komissiya undirgani uchun tanqidga uchragan.
2022-yil aprel oyida Uber Eats Buyuk Britaniyadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi Tesco bilan hamkorlik qilib, 20 ta doʻkonda buyurtmani bir soat ichida yetkazib berilishi kafolatlangan xizmatlarini boshlagan.
2022-yil 16-mayda Uber Eats Los-Anjelesda Serve Robotics va Motional bilan hamkorlikda ikkita inson omilisiz yetkazib beruvchi uchuvchilarni ishga tushiradi.
2024-yil yanvarida Uber oʻz brendini Uber Eatsda birlashtirish maqsadida 2024-yil martigacha Drizly spirtli ichimliklar yetkazib berish xizmatini yopishi haqida eʼlon qiladi. Kompaniya faoliyati toʻxtatilgan ilovalarni Uber Eats bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda.
Moliya YilDaromad (milliard USD)20170.620181.520191.920204.820218.3
Yana qarang Wolt
Manbalar
Turkum:AQSh shirkatlari