Abduqodir ibn Ali ibn Yusuf al-Fosiy yoki Sidiy Abdelkadir al-Fosiy (; ) yoki toʻliq shakli Abu Muhammad, Abu Saud Abduqodir al-Fosiy ibn Abuhasan Ali ibn Abumahasin Yusuf al-Qasriy al-Fosiy Ksar-el-Kebir shoziliy zaviyiyasi asoschisiFaouzi Skali, Saints et sanctuaires de Fés, Marsam Editions, 2007, p. 60. Tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar Abdurahmon al-Fosiyning Tuhfat el-Kebir asari orqali yetib kelganManuscript of the Bibiliothèque Général: Rabat, no 707, AKAB, p. 324, 1, 7 ff.. Al-Fosiy oilasining eng mashhur aʼzolaridan biri boʻlgan.

Abduqodir Fosdagi birinchi Zaviya al-Fassiyaning asoschisi Abumahasin Yusuf al-Fosiyning (vaf. 1604) nabirasidirJacques Berque, Ulémas, fondateurs, insurgés du Maghreb, Sindbad, 1982, Chapter IV. Ksar al-Kebirda tugʻilgan va Abdurrahmon al-Orif al-Fosiy (amakisi) huzurida oʻqish uchun Fosga koʻchib oʻtgan. Amakisining vafotidan keyin Muhammad al-Maonga shogird boʻlib, Qalqliyn mahallasida joylashgan Zaviya al-Fossiyaning ikkinchi boʻlimiga qabul qilingan. Abduqodirning bilimi va taʼsiri kuchayib, shahar uchun notinch davr boʻlgan Mavlay Ismoil () hukmronligi davrida Fosda soʻfiylik islohotchisi va qayta tiklovchisi sifatida eʼtirof etilgan. Abduqodir murakkab shaxs bo‘lib, tasavvufni targ‘ib qilishdan tashqari, hadis ilmi bilan ham shug‘ullangan va an’anaviy islom ilmlari bo‘yicha ham mohir olim sifatida e’tirof etilib, unga Shayx ul-jamoa („Jamiyat ustozu“) unvoni berilgan. Fahrasa janri muallifi hisoblanadi. Ushbu janrda olim shayxlar va ular bilan birga o‘qigan asarlarini sanab o‘tib, janrni ilmiy risola ham deyish mumkin.

Uning taʼlimoti oʻz davrining siyosiy elitalariga tanqidiy nuqtai nazarni va oʻzidan keyin Fosdagi soʻfiy avlodlariga meros boʻlib qolgan intellektual yoki ilmiy soʻfiylikka eʼtiborni oʻz ichiga olgan. Ayniqsa, umrining oxirlarida moʻjizalar yaratuvchi avliyo martabasiga ega boʻlgan. Abduqodir 1680-yilda vafot etgan va Qalqliyn hududida joylashgan zaviyasidagi qabrda dafn etilgan. Mazkur joy oʻsha vaqtdan boshlab Sidiy Abdulqodir al-Fossiy zaviyasi nomi bilan mashhur.

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun Évariste Lévi-Provençal, Les Historiens des Chorfa (1922)

Turkum:Marokashlik molikiy olimlar Turkum:Marokashlik soʻfiy yozuvchilar Turkum:1599-yilda tugʻilganlar Turkum:1680-yilda vafot etganlar Turkum:Foslik olimlar Turkum:Ksar el-Kebirlik kishilar Turkum:17-asr marokashlik kishilar