Vasiliy Vasilyevich Nikiforov, Kyulyumnyur (, 1866-yil 18-may — 1928-yil 15-sentyabr) — jamoat arbobi, olim, yozuvchi, jurnalist. XX asr boshidagi yoqut ziyolilarining yetakchisi, „Yoqutlar ittifoqi“ siyosiy tashkilotining tashkilotchisi, yoqut adabiyoti va teatrining asoschilaridan biri. 1927-yilda Yoqutiston aholisining sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qoʻzgʻoloni bostirilganidan keyin 1928-yilda repressiya qilingan. Xalqaro josuslik va sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrishda ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilinadi, soʻngra jazo 10 yillik qamoq jazosiga almashtiriladi. Novosibirsk qamoqxonasida vafot etgan. 1992-yil 3-fevralda Baykalorti harbiy okrugi harbiy prokuraturasining qarori bilan reabilitatsiya qilingan. Biografiyasi Vasiliy Vasilyevich Nikiforov Yakutsk viloyati Dyupsyun ulusining Tebik naslegida tugʻilganHozirda Ospyoxskiy 1-naslegi, Ust-Aldan ulusi, Saxa respublikasi..1917-yilda oʻz safdoshlari bilan „Svoboda“ demokratik ittifoqini tuzadi, ittifoqning assoyi vazifasi „Yoqut oʻlkasida yashovchi alohida qabilalarni ularning maʼnaviy va moddiy farovonligini oshirish orqali saqlab qolish“ deb eʼlon qilishgan. 1918-yilda Yakutsk viloyati zemstvo boshqaruvining raisi etib saylanadi, shuning uchun Yoqutistonning birinchi saylangan rahbari hisoblanadi. Nikiforovning adabiy va ilmiy merosi keng boʻlib, koʻpgina asarlari hali nashr etilmagan, baʼzilari esa yoʻqolgan. Ideologiyasi Nikiforov mahalliy hokimiyatdagi yoqut urugʻ va qabila organlarini tugatib, ularni zemstvolar bilan almashtirish tarafdori boʻlgan. Butun umri davomida rossiyaparast pozitsiyada boʻlgan va Yoqutiston yagona federatsiya tarkibida oʻzini oʻzi boshqaradigan mintaqa boʻlishi kerakligiga ishongan. Xotira 2016-yil 27-sentyabrda Il Tumen davlat assambleyasi binosi yonida bronzadan yasalgan yodgorlik oʻrnatiladi. Sankt-Peterburgdagi „Brodyacha sobaka“ nomli adabiy-badiiy kabareda Vasiliy Nikiforovning fotosurati namoyish etilgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1928-yilda vafot etganlar Turkum:15-sentyabrda vafot etganlar Turkum:1866-yilda tugʻilganlar Turkum:18-mayda tugʻilganlar