2024-yil 24-may kuni Papua-Yangi Gvineyaning Mulitaka shahrida tuproq koʻchkisi sodir boʻlgan. Koʻchki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok boʻlgan deb taxmin qilinayotgan boʻlsada, faqatgina oltita jasad topilgan. Shuningdek, Kaokalam va Tulipana qishloqlarida 2500 ga yaqin aholi bedarak yoʻqolgan. Bu 1998-yilgi Papua-Yangi Gvineyadagi zilzilasidan keyin mamlakatdagi eng halokatli tabiiy ofat ekanligi va Vargas fojiasidan keyin jahon miqyosidagi eng halokatli koʻchki ekanligi aytilmoqda.

Kelib chiqishi Papua-Yangi Gvineya muntazam ravishda togʻli hududi, ob-havosi, iqlimi, qashshoqlik darajasi va hukumatning notoʻgʻri boshqaruvi tufayli aziyat chekib kelgan. 2024-yilda mamlakatda kuchli yogʻingarchilik va suv toshqinlari kuzatilgan. Shu yilning aprel oyidagi koʻchki 14 kishining hayotiga zomin boʻlgan boʻlsa, may oyida sodir boʻlgan holat sababli kamida 21 kishining halok boʻlgan.

Sabablari 18-may kuni koʻchki sodir boʻlgan joydan 105 km (65 milya) gʻarbda 4,5 ballik zilzila ham qayd etilgan. Mahalliy aholining aytishicha, aynan shu zilzila koʻchkiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Harakati zilzilaning asosiy sababchisi haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligini aytib, oltin qazib olish yoki kuchli yomgʻirbu holatni keltirib chiqarganligini tahmin qilgan.

Taʼsiri Koʻchki 24-may kuni, Papua-Yangi Gvineya vaqti bilan taxminan 03:00 da (23-may, 17:00 UTC) Mungalo togʻining ohaktosh yon bagʻirlaridan koʻp miqdorda vayronalar koʻchgan vaqtda soʻng sodir boʻlgan. Koʻchki Maip Muritaka Rural LLG dagi oltita qishloqni vayron qilgan. Birgina Kaokalam qishlogʻida oʻnlab uylar vayronaga aylangan va 500 ga yaqin odam halok boʻlgan. Koʻchki natijasida Porgera oltin koni yaqinidagi avtomagistralda harakatlanish toʻxtatilgan va Kaokalamga olib boruvchi asosiy magistralning 150 metri (490 fut) vayrona holatga kelib qolgan, bu esa yoqilgʻi va tovarlar yetkazib berish boʻyicha bir qator muammolarni keltirib chiqargan. Magistral yoʻlda ishlayotgan yoʻl qurilish brigadasi ham koʻchki ostida qolgan .

Tulipana qishlogʻida 2000 ga yaqin odam dafn etilgan. Hududni poytaxt Port-Morsbi bilan bogʻlaydigan Highlands avtomagistrali ham yopib qoʻyilgan. Qishloqni oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan bogʻlar ham vayrona holatga kelib qolganligi aytilmoqda. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti rasmiysi koʻchki qoplagan maydon „uch-toʻrtta futbol maydoni“ga teng ekanligini taxmin qilgan.

2000-yildagi soʻnggi milliy roʻyxatga olinishdan soʻng, aholini qayta roʻyxatga olish ishlari amalga oshirilmaganligi sababli, davlat qurbonlar sonini aniqlash bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan. 27-may kuni birgina Yambali qishlogʻida sodir boʻlgan koʻchki oqibatida 2000 kishi halok boʻlgan boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan. Bu raqamlar hukumat amaldorlari tomonidan tasdiqlanmagan. Umumiy hisobda hududda 4000 dan ortiq odam zarar koʻrgan. Olti qurbonga tegishli beshta jasad va bir oyoq topilgan. Yetti kishi jarohatlangan va yana toʻrt kishi qutqarib qolingan, 1182 ta uy vayron boʻlgan yoki turpoq ostida qolgan, 1250 ga yaqin odam hududdan koʻchirilgan. 5000 dan ortiq choʻchqalar, 100 ta doʻkonlar va beshta transport vositalari hamda ikkita sogʻliqni saqlash markazi turpoq ostida qolgani va vayron boʻlgani aytilmoqda. 250 ta uyning ahvoli yomonligi sababli ularda yashovchi 1250 nafarga yaqin aholi koʻchirilgan.

Manbalar

Havolalar Papua-Yangi Gvineyadagi koʻchkining guvohlar tomonidan tushurilgan tasviri — Video NBC News tomonidan eʼlon qilingan. Papua-Yangi Gvineya qishlogʻida sodir boʻlgan koʻchki oqibatida yuzlab odamlar halok boʻlishiga sabab boʻlyabdi —Fotosuratlar Hindustan Times tomonidan chop etilgan.

Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar