Sediqa Balxi () Afgʻoniston siyosatchisi va Hamid Karzay hukumatining sobiq vaziri.
Yoshlik yillari Balxiy 1950-yilda Afgʻonistonning Balx viloyati, Mozori Sharif shahrida tugʻilgan. Uning otasi Ismoil Balxiy Afgʻonistonda bir necha bor qamoqqa tashlangan va oxir-oqibat zaharlab oʻldirilgan. U islomshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini tamomlaydi va Eronda qolib, keyingi taʼlim bosqichini davom ettiradi. U bir muncha vaqt oʻqituvchilik qiladi va menejer boʻlib ishlaydi. Sediqa Balxi juda yosh vaqtida turmushga chiqqan va olti nafar farzandi bor. Uning akasi Seyid Ali Balxiy iqtisodchi boʻlib, Afgʻoniston kommunistik Xalq demokratik partiyasi hukmronligi davrida oʻldirilgan.
Faoliyati Balxiy Tolibon hukmronligi davrida Eronning Xuroson viloyatida joylashgan afgʻon ayollarining siyosiy va madaniy faoliyati boʻyicha Islom markazida rahbarlik qilgan. Sediqa 1991-yilda Afgʻonistonga koʻchib oʻtadi va u yerda yashirincha ishini davom ettiradi. 2001-yil dekabr oyida u Bonn kelishuvida ishtirok etgan uchta ayoldan biri hisoblanadi. U ikki marta Meshrano Jirga (Afgʻoniston senati) deputati etib saylangan. Afgʻoniston senatida Xotin-qizlar ishlari boʻyicha qoʻmita raisi boʻlib ishlagan„Sediqa Balkhi: 'He Said I Would Die If I Went to School Againʼ“. Huffington Post. 2 April 2014. Retrieved 7 November 2017.. Sediqa 2004-yildan 2009-yilgacha Hamid Karzay hukumatida shahidlar va nogironlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2005-yilda Balxiy va Afgʻoniston armiyasi boshligʻi Bismilloh Xon Muhammadiy bilan vertolyot halokatidan omon qolishgan. Falokat baxtsiz hodisa deb taxmin qilingan.
Manbalar
Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Afgʻonistonlik musulmonlar Turkum:21-asr afgʻon siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar