Ammor ibn Yosir jome masjidi – Andijon viloyati, Andijon tumanida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1993-yil mart oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Ammor ibn Yosir masjidining binosi taxminan 1992—1993-yillar oraligʻida hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 750 nafarga yaqin inson namoz oʻqishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 180 ta ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. Bir qavatli qilib qurilgan masjidda minoralar mavjud emas.

Masjid binosi 2023-yilda qayta taʼmirdan chiqqan. Manbalar

Turkum:Andijon tumanidagi masjidlar