Mavlono Rukniy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan sherozlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning sheʼriy tabʼi yomon emasligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:Gar majoli yak suxan yobam bari dildori xesh,
Arza doram peshi oʻ sharhi dili afgori xesh.
(Mazmuni: Agar dildorimga bir ogʻiz soʻz aytish imkonini topsam, afgor dilimning ahvolini arz qilardim).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik