Mavlono Said (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning qora tanli qullardan ekanligini aytib, bu matlaʼsi oʻz holiga munosib tushganligini bayon qiladi:Gʻulomi xeshtanam xond lolaruxsore,
Siyohroʻyi man kard oqibat kore.
(Mazmuni: Ul lola yuzli meni oʻzining quli deb ataydi, oqibatda yuzimning qoraligi baribir taʼsir koʻrsatdi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik