David Hovorka (; 1993-yil 7-avgustda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Fortuna Ligasining „Slavia Prague“ klubi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Hovorka 2002-yilda 9 yoshida SK Krochelavidan Sparta Praguega oʻtgan va yoshligining koʻp qismini shu klubda oʻtkazganGól hýžděmi? Šťastný střelec Hovorka chápe, že se na něj všichni ptají, iDNES.cz, citováno 29. 1. 2014.
Sparta Prague 2012-yilda asosiy jamoa tarkibiga kirgan, ammo klub uchun ligada oʻynay olmagan.
Hradec Královéga ijara 2014-yil yanvar oyida Chexiya milliy futbol ligasi jamoasi Hradec Královéga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oʻtdi. Professional ligadagi debyutini 2013-yilning 21-martida SK Dynamo České Budějovicega qarshi safarda (1:1) oʻtkazdi. Atigi yettita liga oʻyinida maydonga tushdi va mavsum oxirida Spartaga qaytdi.
Viktoriya Jijkovga ijara 2014—2015-yilgi mavsumda ikkinchi toifadagi boshqa klub Viktoria Žižkovga bir yilga ijaraga oʻtdi. Liganing 29 uchrashuvida maydonga tushib, birorta ham gol urolmagan.
Liberec 2015-yilning yozida Chexiya birinchi ligasi vakili Liberec bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Birinchi ligada debyutini 27-iyul kuni oʻz uyida „Mladá Boleslav“ga qarshi oʻyinda (4:2) oʻtkazdi. Professional ligadagi debyut golini 2016-yil 11-may kuni Trinity Zlínga qarshi oʻyinda (4:3) urgan. Liberec bilan ketma-ket ikki yil Yevropa Ligasi guruh bosqichida o‘ynadi.
Sparta Praguega qaytish 2017-yilning 2-fevralida Hovorka oʻsha paytda jiddiy jarohat olganiga qaramay, sobiq jamoasi Sparta Praguega oʻtgani maʼlum boʻldi.
Jablonecga ijara 2018—2019-yillarda FK Jablonecda bir yil ijarada oʻynadi.
Slavia Prague 2019-yilning yozida Slavia Praguega oʻtdi va Chempionlar ligasi doirasida Interga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Xalqaro faoliyati Hovorka birorta yoshlar terma jamoasida o‘ynamagan boʻlsa-da, 2017-yil avgust oyida jahon chempionati saralashida Germaniya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘yin uchun Chexiya terma jamoasiga chaqirildi. Chexiya terma jamoasi safidagi debyutini 2020-yilning 7-oktabr kuni Kiprga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarHradec Králové (ijara)2013—2014Chexiya milliy futbol ligasi7000——70Viktoria Žižkov (ijara)2014—2015Chexiya milliy futbol ligasi29040——330Slovan Liberec2015—2016Chexiya birinchi ligasi2525080—3822016—20171110080—191Jami36350160—573Sparta Prague2016—2017Chexiya birinchi ligasi0000——002017—20181911000—201Jami1910000—201Jablonec (ijara)2018—2019Chexiya birinchi ligasi1512061—232Jablonec2018—2019Chexiya birinchi ligasi140———140Slavia Prague2019—2020Chexiya birinchi ligasi900050101502020—2021801140—1312021—202270———70Jami240119010351Jami faoliyati1445131311101897
Yutuqlari SK Slavia Prague
Chexiya Birinchi ligasi: 2019—2020.
Manbalar
Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar