David Musil () (1993-yil 9-aprelda tugʻilgan) — Kanadada tugʻilgan chex xokkeychisi. David Musil hozirda Chexiya Ekstraligasi (ELH) vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida oʻynamoqda. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Musil Kanadada tugʻilgan, ammo Chexiyada oʻsgan. U Chexiya sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiladi.

Oʻyin faoliyati David Musil 2005 va 2006-yillarda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Chomutov“ yoshlar xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Musil oʻzining dastlabki xokkey karyerasini Gʻarbiy xokkey ligasida (WHL) aylanma tarzda boshladi. Chunki David Musil Kanadada yashamagani uchun dastlab liganing bantam loyihasida qatnashgan. Oilaning tez orada Vancouverga koʻchib oʻtishini bilgan otasi Frank Muslin oʻgʻli David Musilning huquqlarini himoya qilish uchun „Vancouver Giants“ xokkey klubiga murojaat qildi. Bu xabar ommaga eʼlon qilingandan soʻng, WHLdagi boshqa jamoalar norozilik bildirishdi va liga Musilning ligadagi dastlabki manzilini aniqlash uchun lotereya loyihasini oʻtkazishga qaror qildi.

WHLdagi yangi mavsum davomida David Musil „Vancouver Giants“ xokkey klubi bilan 71 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi. „Vancouver Giants“ klubining oʻyinchilar boʻyicha direktori James Ripplinger Musilning mavsumdagi oʻyinini yuqori baholadi: „Uning bosim ostida, hech qanday xatoga yoʻl qoʻymasdan, shayba bilan oʻzini tutishi juda yaxshi edi; U juda ishonchli xokkeychi edi“.

2011-yilgi NHLga kirish loyihasi paytida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2012-yil 30-iyun kuni David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnomasini (uch yillik) imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda David Musil klub safida maydonga tushdi. David Musil NHLdagi ilk oʻyinini 2016-yil 4-aprelda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda David Musil oʻzining birinchi ochkosini, ikkinchi oʻyinida golli uzatmasini qayd etdi.

2016-yilning 29-iyulida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2016—2017-yilgi mavsumda Musil „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan 47 ta oʻyinda maydonga tudshib, 14 ochko toʻpladi. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi tomonidan 2017-yilning 6-martida Mark Olver evaziga boshqa AHL klubi „Tucson Roadrunners“ jamoasiga yuborildi.

Musil „Edmonton Oilers“ klubi bilan 8 ta mavsumdan soʻng, oʻz vataniga qaytishni tanladi va 2017-yilning 31-iyulida „Extraliga“ vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2009—2010Vancouver GiantsWHL7172532671622482010—2011Vancouver GiantsWHL626192583401122011—2012Vancouver GiantsWHL5962127104—————2012—2013Vancouver GiantsWHL1426818—————2012—2013Edmonton Oil KingsWHL48716235622066262013—2014Oklahoma City BaronsAHL612101254201102013—2014Bakersfield CondorsECHL31012—————2014—2015Oklahoma City BaronsAHL65291135600062014—2015Edmonton OilersNHL40222—————2015—2016Bakersfield CondorsAHL673111439—————2016—2017Bakersfield CondorsAHL474101434—————2016—2017Tucson RoadrunnersAHL130446—————2017—2018HC Oceláři TřinecELH521562218011282018—2019HC Oceláři TřinecELH51113145117134122019—2020HC Oceláři TřinecELH481111252—————2020—2021HC Oceláři TřinecELH5001010561603316NHL jami40222—————

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2009-yil Chexiya U18 6 6 0 1 1 6 2011-yil Chexiya U18 8 5 0 0 0 6 2012-yil Chexiya WJC 5 5 0 0 0 4 2013-yil Chexiya WJC 5 6 0 0 0 18 2019-yil Chexiya WC 4 10 0 1 1 2 2021-yil Chexiya WC 7 8 0 1 1 0 Oʻsmirlar safida 22 0 1 1 34 Kattalar safida 18 0 2 2 2

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Chexiya xokkeychilari