Milan Đurić (; 1990-yil 22-mayda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, A Seriyaning Hellas Verona klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati 2006-yilda Cesenaning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. 2007-yilning 30-oktyabrida 17 yoshida Mantovaga qarshi professional debyutini oʻtkazdi.
2010-yil iyul oyida Parmaga oʻtdi. Avgust oyida Ascoliga ijaraga berildi. 2011-yil yanvar oyida Crotonega olti oylik ijaraga yuborildi. Iyun oyida uning ijara muddati keyingi mavsumga uzaytirildi.
2012-yilning yozida Cesenaga qaytib keldi va Cremonesega ijaraga oʻtdi. 2013-yil iyul oyida Trapaniga mavsumiy ijaraga yuborildi. 2014-yilning yanvarida Cittadellaga ijaraga berildi.
2017-yil yanvarda Angliyaning Bristol City klubiga oʻtdi. 4-fevral kuni Bristol Citydagi birinchi golini Rotherham Unitedga qarshi oʻyinda kiritdi.
Salernitana 2018-yilning avgustida Đurić Salernitana bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi rasmiy debyutini 25-avgust kuni Palermoga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2019-yilning 30-martida Salernitana safidagi ilk golini Venezia darvozasiga kiritdi.
Đurić faoliyatidagi ilk xet-trikini 13-aprel kuni amalga oshirdi.
2021-yil 12-sentyabrda Torinoga qarshi o‘yinda 100-o‘yinini o‘tkazdi.
Hellas Verona 2022-yil iyul oyida Đurić uch yillik shartnoma asosida Hellas Veronaga oʻtdi. 7-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Bariga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Bir hafta oʻtgach, Napoliga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi.
Xalqaro faoliyati Đurić bosh murabbiy Vlado Jagodić qoʻl ostida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.
2015-yilning mart oyida Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash oʻyini va Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta chaqiruv oldi.
10-oktyabr kuni Yevro-2016 saralashida Uelsga qarshi o‘yinda Đurić terma jamoadagi birinchi golini urdi. Uch kundan soʻng Kipr darvozasiga gol urdi va bu oʻz jamoasining gʻalabasini taʼminladi.
2022-yil 25-mayda terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Shaxsiy hayoti Đurićning otasi Goran ham professional futbolchi boʻlgan.
2016-yil iyul oyida sevgilisi Byankaga uylandi. Ularning ikki farzandi bor: Alice ismli qizi va Cristian ismli oʻgʻli.
Faoliyat statistikasi
Klub
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarCesena2007—2008Serie B24200--2422008—2009Lega Pro Prima Divisione21310--2232009—2010Serie B27321--294Jami72831--759Ascoli (ijara)2010—2011Serie B17200--172Crotone (ijara)2010—2011Serie B165---1652011—2012Serie B29232--324Jami45732--489Cremonese (ijara)2012—2013Lega Pro Prima Divisione20331--234Trapani (ijara)2013—2014Serie B13320--153Cittadella (ijara)2013—2014Serie B154---154Cesena2014—2015Serie A28221--3032015—2016Serie B26711-102882016—2017Serie B19620--216Jami731552-107917Bristol City2016—2017Championship11230--1422017—2018Championship1630011-174Jami2753011-316Salernitana2018—2019Serie B26600-212872019—2020Serie B331200--33122020—2021Serie B35510--3652021—2022Serie A33520--355Jami1272830-2113229Hellas Verona2022—2023Serie A11010--120Jami faoliyati42075236113144783
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2015 6 2 2016 8 5 2017 0 0 2018 0 0 2019 0 0 2020 1 0 Jami 15 7 +Milan Đurić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2015-yil 10-oktyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina 3 1—0 2—0 UEFA Yevro-2016 saralashi 2 2015-yil 13-oktyabr GSP stadioni, Nikosiya, Kipr 4 3—2 3—2 UEFA Yevro-2016 saralashi 3 2016-yil 25-mart Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg 7Lyuksemburg 2—0 3—0 Doʻstona 4 2016-yil 3-iyun Toyota stadioni, Toyota, Yaponiya 9 1—2 2—2 2016-yil Kirin kubogi 5 2—2 6 2016-yil 7-iyun Suita stadioni, Osaka, Yaponiya 10 1—1 2—1 2016-yil Kirin kubogi 7 2—1
Yutuqlari Cesena
Lega Pro Prima Divisione: 2008—2009
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar