Jesper Boqvist () (1998-yil 30-oktyabrda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkeychi. Jesper Boqvist 2017-yilgi NHL kirish loyihasida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 36-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.
Oʻyin faoliyati Jesper Boqvist Shvetsiya xokkey ligasidagi ilk SHL mavsumini 2015—2016-yillarda „Brynäs IF“ xokkey klubi bilan oʻtkazdi. 2017-yil 16-mayda Jesper Boqvist „Brynäs IF“ xokkey klubi bilan shartnomasini yana ikki mavsumga (2019-yilgacha) uzaytirishga rozi boʻldi. Jesper Boqvist 2017-yilgi NHL kirish loyihasining ikkinchi bosqichida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga umumiy hisobda 36-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2019-yil 10-iyunda Jesper Boqvist „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Boqvist NHL faoliyatidagi ilk golini 2019-yil 26-noyabrda „Minnesota Wild“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda (3:2) kiritdi.
2022-yil 22-iyulda Jesper Boqvist „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan o‘zining saralash taklifiga rozi bo‘lib, 2022—2023-yilgi mavsum uchun bir yillik ikki tomonlama shartnomani qayta imzoladi. Jesper Boqvist Shvetsiya milliy xokkey terma jamoasi safida bir nechta xalqaro xokkey musobaqalarida ishtirok etgan edi.
Shaxsiy hayoti Jesper Boqvistning ukasi Adam Boqvist „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safida himoyachi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2014—2015Brynäs IFJ2071120100002015—2016Brynäs IFJ20382335588301102015—2016Brynäs IFSHL80112200002016—2017Brynäs IFJ2015105206—————2016—2017Brynäs IFSHL1606621010102016—2017Timrå IKAllsv1939120—————2017—2018Brynäs IFJ2040552—————2017—2018Brynäs IFSHL23310132801142018—2019Brynäs IFSHL5113223514—————2019—2020New Jersey DevilsNHL354048—————2019—2020Binghamton DevilsAHL19831112—————2020—2021Timrå IKAllsv1337100—————2020—2021New Jersey DevilsNHL284372—————2020—2021Binghamton DevilsAHL82570—————2021—2022Utica CometsAHL72682—————2021—2022New Jersey DevilsNHL5610132310—————SHL jami9816395520201124NHL jami11918163420—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir NatijaOʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2015-yil Shvetsiya IH18 5 0 1 1 4 2016-yil Shvetsiya U18 7 2 1 3 2 2018-yil Shvetsiya WJC 6 1 0 1 2Jami 18 3 2 5 8
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Shvetsiya profissional xokkeychi