thumb|350x350px| Yerevandan Ararat tekisligining koʻrinishi right|thumb|350x350px|Igʻdir tekisligining Igʻdirdan koʻrinishi Ararat tekisligi—(), Turkiyadagi Igʻdir tekisligi () deb ataladi. Arman togʻlarining eng katta tekisliklaridan biri hisoblanadi. U Sevan havzasidan gʻarbda, Gegham togʻlari etaklarida choʻzilgan. Shimolda tekislik Aragats togʻi va janubda Ararat togʻi bilan chegaradosh.
Aras daryosi tomonidan ikki qismga boʻlingan, shimoliy qismi Armanistonda, janubiy qismi Turkiyada joylashgan. Tekislikning turk qismi Muhim qushlar yashash hududidir.
Etimologiyasi Oʻrta asr arman tarixchisi Movses Khorenatsi oʻzining "Armaniston tarixi" asarida Ararat tekisligi Amasiyaning nevarasi Xushbichim Qirol Ara sharafiga nomlanganligini yozgan.
Iqlimi Ararat tekisligi va Sevan havzasi quyoshli iqlimga ega va Armanistonning eng quyoshli hududlaridan biri boʻlib, yiliga 2700 soat quyosh nurini o'ziga oladi. Quyosh nurlarining eng qisqa davomiyligi oʻrmon zonasining oʻrta togʻli hududlarida (taxminan 2000 soat) kuzatiladi. Togʻ etaklarida iyun-oktyabr oylari orasida quyoshsiz kun kam boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi thumb| Metsamor va Armavir atrofidagi Ararat tekisligining havodan koʻrinishi Ararat tekisligi Armanistonning umumiy yer maydonining 4% ni tashkil qiladi, ammo u Armaniston dehqonchilik mahsulotlarining 40% hosilni yetkazib beradi. Tekislikning Turkiya qismidagi 1525 gektar maydonda oʻrik yetishtiriladi.
Arxeologiyasi Bu hudud neolit yoki ilk xalkolit davridan beri rivojlanib kelgan.
Aratashenda birinchi kulolchilik na'munalari miloddan avvalgi V ming yillikning oxirlarida yoki miloddan avvalgi 4000 yillardan oldin paydo boʻlganRuben BADALYAN, Pierre LOMBARD, THE NEOLITHIC AND CHALCOLITHIC PHASES IN THE ARARAT PLAIN (ARMENIA): THE VIEW FROM ARATASHEN (PDF file) 2004.
Galereyasi
Eslatmalar
Manbalar
Turkum:Armanistonning relyef shakllari Turkum:Turkiya tekisliklari Turkum:Ararat togʻi