Vasily Alexandrovich Podkolzin () () (2001-yil 24-iyunda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Vasily Podkolzin hozirda Amerika xokkey ligasida (AHL) „Abbotsford Canucks“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Vasily Podkolzin 2019-yilgi NHLga kirish loyihasida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga oʻninchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Oʻyin faoliyati Vasily Podkolzin 12 yoshigacha qadar „Belye Medvedi“ xokkey klubida oʻynagan. Shundan soʻng, Vasily Podkolzin 2018-yilda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safiga oʻtishga qaror qildi.
2018-yil 12-noyabr kuni Vasily Podkolzin „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi tarkibida Kontinental xokkey ligasida (KHL) ilk oʻyinini oʻtkazdi.
NHL Markaziy skautlar byurosi tomonidan ikkinchi eng yaxshi xalqaro (Shimoliy Amerikadan tashqarida oʻynaydigan) xokkeychi sifatida baholangan Vasily Podkolzin 2019-yilgi NHL kirish loyihasida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga oʻninchi oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. „SKA Saint Petersburgh“ xokkey klubi bilan yana ikki mavsum uchun shartnomasi borligi sababli, Vasily Podkolzin NHLga oʻtishdan oldin Rossiyada qoldi.
2021-yil 30-mayda Vasily Podkolzin „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Vasily Podkolzin NHLdagi birinchi golini 15-oktyabr kuni „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati 2018-yilda Vasily Podkolzin Rossiya milliy xokkey terma jamoasi safida Hlinka Gretzky kubogi doirasidagi oʻyinlarda maydonga tushdi. Yakunda terma jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi. Qoʻshma Shtatlarga qarshi bronza medali uchun oʻyinda Rossiya terma jamoasi 5:4 hisobida gʻalaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Vasily Podkolzin xet-trik qayd etdi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2016—2017Vityaz PodolskRUS-U162916233945—————2017—2018Vityaz PodolskRUS-U172113173020—————2018—2019SKA Saint PetersburgKHL30000—————2018—2019SKA-NevaVHL142354821302018—2019SKA-1946MHL126282321302019—2020SKA Saint PetersburgKHL302687412302019—2020SKA-NevaVHL163586100002019—2020SKA-1946MHL20446—————2020—2021SKA Saint PetersburgKHL3556111516651162020—2021SKA-NevaVHL10110—————2021—2022Vancouver CanucksNHL7914122626—————2021—2022Abbotsford CanucksAHL—————21120KHL jami6871219222077146NHL jami7914122626—————
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2017 Rossiya U17 5 1 5 6 10 2018 Rossiya WJC18 4 2 2 4 0 2018 Rossiya HG18 5 8 3 11 8 2019 Rossiya WJC 7 0 3 3 4 2020 Rossiya WJC 7 1 4 5 8 2021 Rossiya WJC 7 2 2 4 8 Jami 35 14 19 33 38
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya xokkeychilari