Diego Alonso Roberto Penny (; 1984-yil 22-aprelda tugʻilgan) — Peru terma jamoasi futbolchisi, „Alianza Atletico“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Uning boʻyi 1,97 metr.
Jamoalardagi faoliyati Diego Penny oʻz faoliyatini 2004-yilda Peruning „Coronel Bolognesi“ jamoasida boshlagan va u yerda 180 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Burnley Diego Penny 2008-yilning 27-iyunida „Burnley“ bilan 3-yillik shartnoma imzoladi , 2008-yilning 9-avgustida „Sheffield Wednesday“ga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Oʻzining debyutidan soʻng, 2008-09-yilgi mavsumda va „Burnley“dagi ikkinchi yilida u Brian Jensen uchun ikkinchi tanlov boʻlgan. Diego Penny Premer ligadagi debyutini 2009-10-yilgi mavsumda, „Wigan Athletic“dan 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uyinda jarohat olgan Jensen oʻrniga maydonga tushganidan keyin oʻtkazdi. 2010-yil 16-avgustda u oʻzaro kelishuvga koʻra „Burnley“ni tark etdi va vatani Peruga qaytdi. Diego Penny „Burnley“ safida barcha musobaqalarda jami 4 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Juan Aurich Diego Penny 2010-yilning 28-avgustida Peruning „Juan Aurich“ klubiga oʻtdi. 1-oktabr kuni „Melgar“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Klub uchun Diego Penny ikki mavsum oʻynadi va mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
2013-yil boshida Diego Penny „Sporting Crystal“ klubiga oʻtdi. 9-fevral kuni „Universidad San Martin“ga qarshi bahsda u „Sporting“ jamoasi safida debyut qildi. 2014-yilda Diego Penny yangi jamoasiga Peru chempionatida g‘alaba qozonishga yordam berdi, 2016-yilda esa bu muvaffaqiyatni takrorladi. 2017-yil boshida Diego Penny „Melgar“ klubiga koʻchib oʻtdi. 11-fevral kuni „Ayacucho“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan.
Xalqaro karyerasi Diego Penny Peru terma jamoasi safida 2006-yilda oʻzining katta terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.
Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaroJamiOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatmaOʻyinGolUzatma Coronel Bolognesi2004386210241406611200547??47??2006383814451424315200741471521143481620081717354222215Jami181+164+4200013145194+178+47Burnley2008-091401402009-10130240370Jami2702400003110Juan Aurich20108104810420113222132403426132012484414692545316Jami88763100013145968933Sporting Cristal20134039186824647202014324091319223047621120153244863467144541320163838126150445312Jami14214068192262033318121656F. B. C. Melgar20172014103712321112018364110220384310Jami565520000591616421Universidad San Martín2019314294323545112020263562635620212434524345Jami81111204320008511422Alianza Atlético20222734827348Jami2734800000027348Umumiy karyerasida577+587+18925298517014653+706+187
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Perulik erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari