Rafael Ferdinand van der Vaart () – futbolchilik faoliyatini yakunlagan gollandiyalik futbolchi yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U Gollandiya terma jamoasida oʻynagan. Amsterdamning „Ajax“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. U jarima zarbalaridagi yuqori mahorati va yaxshi texnikasi bilan ajralib turardi.
U milliy terma jamoa safida ketma-ket uchta Yevropa chempionatlarida va ikkita jahon chempionatlarida ishtirok etgan. U 2004-yilgi Yevropa chempionatida bronza, 2010-yilgi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gollandiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan besh futbolchidan biri hisolanadiVan der Vart poluchil nagradu ot UYeFA za 100 matchey, sigrannix za Niderlandi.
Biografiyasi
Klublardagi karyerasi Oʻn yoshida Rafael van der Vaart mamlakatning eng kuchli klublaridan biri „Ajax“ning Amsterdam maktabini koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Uning qobiliyatlari bolalar jamoasi murabbiylarini hayratda qoldirgan va yosh futbolchi qabul qilingan. Oʻn yetti yoshida Rafael 1999-2000-yilgi mavsumda „Den Bosch“ga qarshi oʻyinda (1:1) „Ajax“ jamoasida debyut qilgan. U gʻayrat va yaxshi texnika bilan oʻynagan boʻlsa-da, oʻsha mavsumda boshqa maydonga tushmagan
2000-2001-yilgi mavsum boshida Rafael zaxiradan maydonga tushdi, ammo mavsum oʻtishi bilan „Ajax“ bosh murabbiyi Ko Adrianse oʻzining yosh yarim himoyachisiga ishonib, maydonda koʻproq vaqt ajratgan. U markaziy hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini egallagan, baʼzida yarim himoyaning chap qanotida oʻynagan. Oʻsha mavsumda klub muxlislari yosh futbolchida katta salohiyat borligini koʻrib, uni „Ajax“ning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tanladilar.
„Real Betis“ jamoasi safida 2015-yilning 15-iyunida Rafael Ispaniyaning „Real Betis“ klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2015-2016-yilgi mavsumda u Ispaniya chempionatida bor yoʻgʻi 7 ta, Ispaniya kubogida esa yana ikkita oʻyin oʻtkazgan.
Niderlandiya terma jamoasi safida Rafael 2001-yilning 6-oktabrida 18 yoshida Niderlandiya terma jamoasida Andorraga qarshi debyut qilgan. U milliy terma jamoa safida Yevro-2004, JCh-2006, Yevro-2008 va JCh-2010 da oʻynagan. Jovanni van Bronxorst faoliyatini yakunlagach, terma jamoa sardori boʻldi. Yevro-2012da u Portugaliya darvozasiga gol urgan. Gollandiya 1:2 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chiqib ketdi.
U terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 2013-yilda oʻtkazgan. Rafael Gollandiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kirgan, biroq 2014-yilning may oyi oxiridagi jarohati tufayli u yakuniy arizaga kiritilmagan.
Statistikasi KlubMavsumLigaKubogLiga kubogiYevropa kubogiBoshqaJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarAjax1999-20001000—00—102000-200127710—42—3292001-2002201422—51—27172002-2003211820—621230222003-200426710—71—3482004-200522620—7110327Jami1175282—2972215663Hamburger SV2005-200619920—857236162006-2007268002053—33112007-2008291244—93224421Jami7429642022119411348Real Madrid2008-200932510—70204252009-201026621—30—317Jami581131—100207312Tottenham Hotspur2010-20112813100072—36152011-20123311411011—39132012-201320000000—20Jami6324511083—7728Hamburger SV2012-201327500———2752013-201427731——203282014-201524421——10275Jami781652——308618Real Betis2015-20167020———90Midtjylland2016-201715220—10—1822017-20182000—00—20Jami17220—10—202Esbjerg fB2018-20193010———40Umumiy karyerasida4171353210307021166538171
Xalqaro statistikasi Milliy terma jamoa Mavsum Oʻyinlar Gollar Niderlandiya 2001-yil 1 0 2002-yil 2 0 2003-yil 10 3 2004-yil 13 1 2005-yil 9 2 2006-yil 5 1 2007-yil 10 5 2008-yil 14 1 2009-yil 10 2 2010-yil 14 1 2011-yil 5 1 2012-yil 10 4 2013-yil 6 4 Jami 109 25
Mukofotlari va yutuqlari
Klub bilan erishilgan yutuqlari „Ajax“
Gollandiya chempioni (2): 2001-2002, 2003-2004 Gollandiya kubogi gʻolibi: 2001-2002 Gollandiya superkubogi sohibi: 2002-yil Jami: 4 ta kubok
„Real Madrid“
Ispaniya Superkubogi sohibi: 2008-yil Jami: 1 kubok
Niderlandiya terma jamoasi
2004 yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori 2010 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori Jami faoliyati: 8 ta sovrin
Shaxsiy yutuqlari
Amsterdamning eng yaxshi yosh sportchisi (3): 1999, 2000, 2001 Amsterdamning eng yaxshi sportchisi: 2001-yil Amsterdam turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2002-yil Golden Boy mukofoti sovrindori: 2003-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:11-fevralda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Hamburger SV futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Real Betis futbolchilari Turkum:FC Midtjylland futbolchilari Turkum:Esbjerg fB futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Daniya Superligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Futbol murabbiylari Turkum:Niderlandiyalik futbol murabbiylar Turkum:Golden Boy gʻoliblari