Marlen Burgandinovich Chobanov (2000-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) – ukrainalik va oʻzbekistonlik professional futbolchi, Iroqning „Erbil“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi, keyinchalik Ukrainaga koʻchib oʻtgan. Marlen Ukraina bolalar va oʻsmirlar futbol ligasida Kiyevning „Arsenal“ (2015—2016), Ivan Poddubniy Olimpiya kolleji (2017) va Obolon (2018—2019) jamoalari tarkibida oʻynagan. 2018/2019-yilgi mavsumda 19 yoshgacha boʻlganlar toifasida Yoshlar ligasining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan. 2018-yilda Obolon jamoasi safida 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi yoshlar chempionati gʻolib boʻlgan.

2019/2020-yilgi mavsumda u Ukraina Ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi „Obolon-2“ jamoasi tarkibida oʻynay boshlagan. Jamoa libosida ilk bor 2019-yilning 27-iyulida „Dinaz“ jamoasiga qarshi oʻyinda (1:0) maydonga tushgan. Umuman olganda, Marlen „Obolon-2“ jamoasi safida olti oy oʻynagan.

2020-yilning ikkinchi yarmida Chobanov „Paxtakor“ jamoasi tarkibida mashgʻulotlarni boshlagan. 2021-yilning yanvarida Ukraina klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng, Chobanov „Paxtakor“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Klubda Chobanov yiliga 482,8 million oʻzbek soʻmi (44,8 ming dollar) maosh olgan. 2021-yil 12-may kuni Oʻzbekiston chempionatida „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:0) debyut oʻyinini oʻtkazgan. Jamoadagi ilk mavsumida Chobanov OChLda ham debyut oʻyinini oʻtkazgan.

2022-yilgi mavsumda Yaypaning „Turon“ jamoasiga ijaraga berilgan. Yaypan klubi tarkibida ikki mavsum davomida oʻynagan va liga oʻyinlarida 40 ta oʻyinda ishtirok etgan,1 ta gol muallifi boʻlgan. 2024-yilgi mavsumda „Yaypan“ jamoasini tark etgan va „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro oʻyinlar Marlen 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi lageriga chaqirilgan.

2021-yilning noyabr oyida Srečko Katanec ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasi mashgʻulot yigʻinga chaqirdi. Terma jamoa tarkibida rasmiy va norasmiy oʻyinlarda ishtirok etmagan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2021 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2021 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2022

Manbalar

Havolalar

Marlen Burgandinovich Chobanov Marlen Chobanov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:FC Obolon-2 futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Erbil SC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Iroq Yulduzlar ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Iroqdagi muhojir erkak futbolchilar